So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  11 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

"Navbahor": Yig'in reja asosida o'tmoqda Yangiliklar

"Navbahor": Yig'in reja asosida o'tmoqda

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni CHirchiqda davom ettirayotgan "Navbahor" belgilangan reja asosida shug'ullanmoqda.
4 iyun kuni 14.00da belgilangan manzilda to'plangan jamoamiz azolari shu kuni kechki payt mashg'ulot o'tkazishdi. Bugundan etiboran esa mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi. Mashg'ulotlarni “Kimyogar” o'yingohida olib borilayotganligini qayd etish joiz. Umumiy hisobda CHirchiqdagi yig'inga 21 nafar futbolchi jalb etilgan. 6 iyun kuni belaruslik himoyachi Yuriy Rijko ham jamoa safiga qo'shiladi. Avval xabar berib o'tganimizdek, Yura yurtimizga hujum chizig'ida to'p suradigan hamyurti Andrey Lyasyuk bilan etib keladi.

Murabbiylar shtabi birinchi davrani yoshlar tarkibida o'tkazgan Muhammad Rasulov va Omon-Biik Halilovlarni ham CHirchiqdagi yig'inga jalb etgan. O'tgan mavsumda oyog'idan jarohat olib malum muddatga safdan chiqqan yarim himoyachi G'ayrat Jo'raev ham sekin-asta avvalgi sport formasini tiklamoqda.

G'ayrat hozirda yakka tartibda shug'ullanmoqda. SHu bilan birgalikda SHahboz Erkinov ham hozircha umumiy guruhda shug'ullanmayapti. Hujumchida kichik jarohat borligi bois yugurish bilan cheklanmoqda. Qolgan barcha futbolchilar mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etishmoqda. CHirchiqdagi yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Xususan, futbolchilarimiz 12 iyul kuni Muborakning “Mashal”, 14 iyul sanasida esa Navoiyning “Qizilqum” klublariga qarshi maydonga tushishadi.

CHirchiq yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati: Doniyor Usmonov, Xurshid Xo'jaev, Rabbim Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Baxtiyor Yoqubov, Sobir Hamidov, SHukurali Po'latov, SHahboz Erkinov, Azim Ahmedov, Azam Aliev, Ilhom Boydedaev, Botir To'raboev, Alisher Mahmudov, Abdumalik Abdullaev, Tohir SHamsiddinov, Elyor Jahonov, Mansur Saidov, Otabek Valijonov, Muhammad Rasulov, G'ayrat Jo'raev, Omon-Biik Halilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика