"Navbahor": Futbolchilar tanishtirildi
13 mar 2014 18:28
Yangiliklar

"Navbahor": Futbolchilar tanishtirildi
Bundan biroz vaqt oldin mavsumlar oralig'ida jamoamizga jalb etilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.
Namangan viloyati hokimligining kichik majlislar zalida o'tkazilgan taqdimot marosimida “Navbahor”ning bir guruh muxlislari ham taklif etilishdi. SHuningdek, marosimda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti B.Yusupov, Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti B.Xolmirzaev, “Navbahor” futbol klubi prezidenti T.Dadaboev, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti R.Nizambaev, futbol klubi rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Taqdimot marosimini Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev kirish so'zi bilan ochib berdi. SHundan so'ng mavsumlar oralig'ida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarga “Navbahor”ning yangi futbolkalari topshirildi: Usmanov Doniyorga 24, Xodjaev Xurshidga 46, Hasanov Rabbimga 27, Berdimurodov Rahmatga 5, Yoqubov Baxtiyorga 6, Valijonov Otabekka 11, Mahmudov Alisherga 10, Jahonov Elyorga 25, Saidov Mansurga 7, Rijko Yuriyga 50, SHamsitdinov Tohirga 33, Erkinov SHahbozga 22, Po'latov SHukuraliga 4-raqamli futbolkalar topshirildi.
Futbolkalar topshirib bo'lingach, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Bahodir Yusupov so'zga chiqib, barcha qatnashchilarni kelayotgan yangi mavsum bilan qutladi. SHu bilan birgalikda, “Navbahor” futbolchilariga yangi mavsumda mazmunli o'yinlar ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishlariga ishonch bildirdi.
“Navbahor” muxlislari nomidan so'zga chiqqan Nabixon Abdug'aniev ham taqdimot marosimi qatnashchilarini yangi mavsum bilan tabrikladi. SHu bilan birga “Navbahor” futbolchilariga omadlar yor bo'lishiga tilak bildirdi. SHuningdek, Namangan futboli rivoji uchun qo'shayotgan hissasi uchun Namangan viloyat hokimi Bahodir Yusupovga muxlislar nomidan yozilgan tashakkurnomani taqdim etdi.
Taqdimot marosimi so'nggida “Navbahor”ning belaruslik futbolchisi Yuriy Rijko ham so'zga chiqib o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: “Navbahor” jamoasiga o'tganimdan xursandman. Namanganga kelganimga hali ko'p bo'lmagan bo'lsada, shahar menga yoqdi. Ayniqsa “Navbahor” muxlislarining etiboriga qoyil qolmaslikni iloji yo'q. Yangi mavsumda ishqibozlarimizni ko'nglini olish maqsadida qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.
Taqdimot marosimida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi: Avvalo futbol muxlislari va qolganlarni yangi mavsum bilan chin dildan qutlaydi. Jamoani mavsumga tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishgani uchun viloyat va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. O'z navbatida muxlislarga ham bildirilgan ishonch uchun rahmat aytaman. Ko'pchilik “Navbahor”ni dastlabki turlarda kuchli raqiblar kutib turganligini va futbolchi va murabbiylarda o'ziga xos qo'rquv bor degan fikrlarni bildirmoqda. Fursatdan foydalanib, jamoa azolarida hech qanday qo'rquv yo'qligini aytgan bo'lardim. To'g'ri chempionatning dastlabki turlarida oson bo'lmaydi. Lekin, bizga qarshi maydonga tushadigan raqiblarga ham qiyin bo'ladi. Muxlislarni xursand qilish uchun futbolchilarimiz maydonning har bir qarichi uchun jon-jahdilari bilan kurashishadi. Bir so'z bilan aytganda muxlislar mehrini qozonish hamda ishqibozlarni o'yingohga qaytarish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Taqdimot marosimi so'nggida “Navbahor” futbol klubi nomidan Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Bahodir Yusupovga “Navbahor”ning 50-raqami tushirilgan ramziy futbolkasi va jamoa futbolchilarining imzosi tushirilgan to'p sovg'a qilindi. Marosim yakuniga etgach, qatnashchilar esdalik uchun rasmga tushishdi. Taqdimot marosimidan olingan suratlarni birozdan keyin saytimiz sahifalariga joylashtiramiz.
2014 yilgi mavsumda "Navbahor" jamoasining asosiy tarkibida to'p suradigan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar
24 Usmanov Doniyor
46 Xo'jaev Xurshid
Himoyachilar
2 Mahammadjonov Kaxramon
3 Turaboev Botir
4 Pulatov SHukurali
5 Berdimurodov Rahmatullo
33 SHamsiddinov Tohir
47 Yafarov Timur
50 Rijko Yuriy
Yarim himoyachilar
6 Yoqubov Baxtiyor
7 Saidov Mansur
8 Ahmedov Azim
9 Boydedaev Ilxom
10 Mahmudov Alisher
11 Valijonov Otabek
18 Hamidov Sobir
20 Jo'raev G'ayrat
21 Aliev Azam
25 Jahonov Elyor
27 Hasanov Rabbim
Hujumchilar
17 Abdullaev Sohib
22 Erkinov SHahboz
23 Abdullaev Abdumalik

Fikrlar