So’nggi yangiliklar

22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  3 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  11 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  1 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   15 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Navbahor - Dinamo: Noxush ananani Dinamo buza oladimi? Yangiliklar

Navbahor - Dinamo: Noxush ananani Dinamo buza oladimi?

Teglar :  NavbahorDinamo
Oliy Liga 19-turi doirasidagi etiborli qarama-qarshilik Namanganda o'tadi.

Samarqandning Dinamo jamoasi safarda Navbahor mehmoni bo'ladi. Ushbu bahsdagi g'alaba har ikki tomon uchun ham juda zarur.

JORIY MAVSUMDA…


Dinamo va Navbahor o'rtasidagi joriy mavsumdagi dastlabki uchrashuvda Namangan jamoasi Oybek Qilichevning goli evaziga Samarqandda kichik hisobda ustunlik qilib, Dinamoning mavsum boshidagi peshqadamligi va g'alabali seriyasiga nuqta qo'ygandi.

Namangan klubi o'tgan 18-turda Farg'onada Neftchi bilan 1:1 hisobdagi durangga imzo chekkan bo'lsa, Dinamo Samarqandda Paxtakor bilan 0:0 hisobida murosa ko'chasini tanlagandi. Navbahor ayni damda 26 ochko bilan 9-o'rinni band etgan bo'lsa, Dinamo 20 ochko bilan 12-o'rindan joy olgan.

O'YIN HASAN RO'ZIEVGA TOPSHIRILGAN

Oliy Liga 19-turidan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar elon qilindi. Unga ko'ra, Navbahor - Dinamo uchrashuvini boshqarib borish toshkentlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Jumladan, Namangandagi uchrashuvni Hasan Ro'ziev boshqarib borsa, unga qanotlarda Andrey Snetkov va Ro'zimovlar yordam berib borishadi. Akobir SHukurullaev esa zaxiradagi hakam sifatida ishlaydi.


Oliy Liga, 19-tur
26 avgust (shanba)
Navbahor (Namangan) – Dinamo (Samarqand)
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), N. Ro'zimov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00

O'ZARO O'YINLARDA USTUNLIK KIMDA?

Samarqand va Namangan jamoalari 1992 yildan buyon Oliy Liga tarixida 45 marotaba ro'baro' kelishgan. Statistika vodiy jamoasining foydasiga gapirmoqda: 24 ta o'yinda Navbahor g'alabani tantana qilgan, 8 bahs murosa yo'li bilan intiho topgan, 13 marta esa Dinamo g'olib sifatida maydonni tark etgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham tosh Navbahor tomonini bosmoqda: 81:41. O'tkazilgan 44 o'yin yakunida Navbahor 80 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, Dinamo 47 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Etiborlisi, Dinamo o'z tarixida Navbahorni Namanganda taslim eta olmagan. Ko'ramiz, Dinamo noxush ananani buza olarmikan?..

Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi 10 uchrashuv:
25/04/15 Navbahor – Dinamo 2:1
07/11/14 Navbahor – Dinamo 2:2
25/08/13 Navbahor – Dinamo 1:1
12/05/12 Navbahor – Dinamo 1:1
18/10/11 Navbahor – Dinamo 1:1
21/08/10 Navbahor – Dinamo 2:0
16/05/09 Navbahor – Dinamo 1:0
13/09/08 Navbahor – Dinamo 2:0
29/11/07 Navbahor – Dinamo 1:0
21/04/06 Navbahor – Dinamo 0:0



JAMOA TO'PURALARI KIMLAR?

Navbahor:
Nemanya Yovanovich – 5 ta gol
Dilshod Jabborov – 3 ta gol
Aziz Turg'unboev – 3 ta gol
Ro'zimboy Ahmedov – 2 ta gol
Oybek Qilichev – 2 ta gol

Dinamo:
Amirjon Safarov – 4 ta gol
Sardor Sulaymonov – 2 ta gol
Abdumalik Abdullaev – 2 ta gol
Orif Mamajonov – 2 ta gol
Jasur Azimov – 2 ta gol
Akmal Bozorov – 2 ta gol

ESKI TANISHLAR…
Joriy yilda Navbahor safida Dinamoning bir qator sobiq futbolchilari to'p surishmoqda. Jumladan, himoyachi yarim himoyachi Ilhom Boydadaev 2012 yilgi mavsumda, hujumchi Ro'zimboy Ahmedov esa 2012-13 yillarda jamoamiz safida to'p surgan.

Bu borada Dinamo safida ham Navbahorning sobiq futbolchilarini uchratish mumkin. Xususan, jamoamiz bosh menejeri Ilhom SHaripov futbolchilik faoliyatida Namanganda muvaffaqiyatli to'p surgan bo'lsa, joriy yili Dinamo safida ishonchli o'yin ko'rsatayotgan Abdumalik Abdullaev Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalib, Navbahor tarkibida bir necha yil to'p surgan.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика