So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  0 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  0 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

"Navbahor": “Bunyodkor” yoshlari bilan durang qayd etildi Yangiliklar

"Navbahor": “Bunyodkor” yoshlari bilan durang qayd etildi

Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Navbahor" bugun “Bunyodkor” yoshlari bilan navbatdagi nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.
“Bunyodkor” o'yingohining suniy qoplamali maydonida o'tkazilgan bahsda murabbiylarimiz oldingi uchrashuvlarda maydonga tushmagan va kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilar xizmatidan foydalanishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida yosh “qaldirg'ochlar” hisobni ochishga erishishgandi.

Tez orada Serbiyadan taklif etilgan hujumchi Aleksandar Leposavich o'rtadagi muvozanatni tikladi. Tanaffusdan keyin ham futbolchilarimiz ustunlikka erishib, raqib darvozasi qarshisida ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishdi. Lekin, Otabek Valijonov (2 marta) va Yuriy Rijkolar imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Uchrashuv oxirlarida “Bunyodkor” yoshlari penaltini aniq amalga oshirib, oldinga chiqib olishgandi. Tez orada Azam Aliev javob to'pini kiritib, bahsni 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlanishini taminladi. 

Jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda maydonga tushdi: Doston To'xtaboev, Tohir SHamsiddinov, Omon-Biik Halilov, Yuriy Rijko, Botir To'raboev, Otabek Valijonov, G'ayrat Jo'raev, Alisher Mahmudov, Aleksandar Leposavich, Muhammad Rasulov, Aziz Turg'unboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid Xo'jaev, Azam Aliev, Ilhom Boydedaev, Robbim Hasanov.

Tarkib xususida gap ketganida, o'tgan mavsumni G'uzorning “SHo'rtan” klubida o'tkazgan himoyachi Qahramon Mahammadjonov mavsum yakuniga etgach jamoa ixtiyoriga qaytgandi. Malum vaqt davomida mashg'ulotlarda qatnashgan himoyachi “Qo'qon-1912” jamoasiga ijaraga berildi. Ayni paytda jamoamiz markaziy himoyasida jiddiy raqobat yuzaga kelganligi uchun murabbiylar shunday qarorga kelishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика