So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuviga oid faktlar

Teglar :  NavbahorBunyodkor
Kecha oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Eng kam: "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng toshkentliklar eng kam gol o'tkazib yuborayotgan jamoaga aylanishdi. "Qaldirg'ochlar" darvozasi hozirgacha 12 marotaba ishg'ol etilgan xolos. Bu eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.

1- "Bunyodkor" yarim himoyachisi Minori Sato joriy mavsumda uchrashuvning 87- daqiqasida gol urgan birinchi o'yinchiga aylandi. "Qizilqum" - "Nasaf" o'yinida ham 87- daqiqada Alisher Holiqov penaltidan gol urdi. Ammo, "Navbahor" - "Bunyodkor" o'yini ertaroq boshlangan.

2- Ilgiz Tantashev amaldagi mavsumda boshqargan ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradik. SHuningdek "lochinlar" mamlakat chempionati bu yilgi mavsumida o'z maydonida ikkinchi bor mag'lubiyatga uchrashdi. SHu bilan birga "Navbahor" ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni tan oldi va qatorasiga ikkinchi o'yinda maydonni futbolchilarimiz golsiz tark etishdi.

3- "Navbahor" bu yil uchinchi bor 1:0 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. Avval "Paxtakor" (7- tur) va "Neftchi"ga (3- tur) ham xuddi shu hisobda mag'lub bo'lingan. Jamoamiz "Bunyodkor"ga qarshi ketma-ket uchinchi yil o'z maydonida gol ura olmadi.

4- To'rtinchi bor uy uchrashuvimizga chempionatda etti mingdan ortiq tomoshabin kirdi. Azim Ahmedov va Otabek Valijonovlarning chempionatdagi sariq kartochkalari soni to'rttaga etdi.

5- O'zaro uchrashuvlar tarixida "Bunyodkor" "Navbahor" maydonida beshinchi bor uch ochkoga ega bo'ldi.

6- "Bunyodkor"ning mehmonda qo'lga kiritgan g'alabalari soni oltitaga etdi.

7- Akmal Ortiqov chempionatda o'z darvozasidan ettinchi bor to'p olib chiqdi.

9- Ushbu o'yindan so'ng mag'lubiyatlarimiz soni to'qqiztaga etdi. SHuningdek musobaqa jadvalida ham to'qqizinchi uringa tushdik. Bu o'yin bosh hakam Ilgiz Tantashev uchun chempionatdagi boshqargan 9- bellashuv bo'ldi.

11- "Bunyodkor" mehmonda urilgan gollari sonini bu yilgi chempionatda 11 taga etkazdi.

12- O'z maydonimizda oliy liga amaldagi mavsumida 12- golni o'tkazib yubordik.

13- "Qaldirg'ochlar"ning chempionatdagi g'alabalari soni 13- taga etdi.

14- O'zaro o'yinlarda "Bunyodkor" 14- marotaba "Navbahor" ustidan g'alaba qozondi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика