So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

"Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati: "Navbahor" guruhdagi eng kuchli jamoalardan biri" Yangiliklar

"Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati: "Navbahor" guruhdagi eng kuchli jamoalardan biri"

OCHLning 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Nassaji Mazandaran" o'yinidan oldingi matbuot anjumanida "Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati ishtirok etdi.

"Biz guruhning eng kuchli jamoalaridan biri bilan o'ynaymiz. Jismoniy tayyorgarlik tomondan qaralganda, "Navbahor" juda kuchli jamoa. Ular yaxshi sifatlarga ega va ikki o'yinda to'rt ochko jamg'arishni uddalashdi.

Oldinda qiyin o'yin kutib turibdi, ammo barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Muxlislar uchun keyingi bosqichga chiqishga urinib ko'ramiz.

Biz juda yaxshi jamoamiz, ikki o'yinda ham yaxshi harakat qildik. Ertaga ishonchli va kuchli o'yin ko'rsatishimizga ishonchim komil.

Ichki chempionat va OCHL o'rtasida farq katta. "Navbahor" va bizning o'rtamizdagi farq shundaki, ular ichki chempionatning 22-turini o'tkazishadi, biz esa 6-turini o'tkazdik. Jamoamizda ko'pgina o'zgarishlar bo'ldi, yoshlarni safimizga qo'shib oldik. Ichki chempionatning 22-turiga kelib biz ham o'zimizning optimal formamizga kirib olamiz.

Ertaga o'yin oxiridagi natija kim kuchliroq ekanligini ko'rsatadi. Futbol raqibga gol urish imkoniyatini bermaslik va jamoaning o'zi gol urishga urinishiga asoslangan.

Eron termasidagi ko'p yillik faoliyatim davomida ko'rganlarimga asoslanib, O'zbekistonni infrastruktura va boshqa jihatlarda ko'rinayogan rivojlanish bilan tabriklayman", -deydi "Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика