So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

"Nassaji" bosh murabbiyi: "Navbahor"ning g'alabasi ishqibozlar effekti sabab ro'y berdi deb o'ylayman" Yangiliklar

"Nassaji" bosh murabbiyi: "Navbahor"ning g'alabasi ishqibozlar effekti sabab ro'y berdi deb o'ylayman"

"Navbahor" hamda "Nassaji" o'rtasidagi OCHLning 3-tur o'yinidan (2:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Mehdi Rahmati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Futbolchilarimni ajoyib o'yin bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda rejalarimiz amalga oshdi va taymni g'alaba bilan yakunladik. Ikkinchi bo'limda xatoliklar yuz bera boshladi. Hakamning ofsaydni aniqlashdagi kichik xatosi evaziga futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatildi. SHunga qaramasdan jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi, ulardan minnatdorman. Bu o'yindagi mag'lubiyatimiz kechiktirilgan ofsayd sababli ro'y berdi.

Ushbu bahsda muxlislarning hakamga qilgan bosimi hisobiga referi ko'p xato qildi. Hakam xatosi sabab qizil kartochka oldik va chetlatishdan so'ng o'yin o'zgarib ketdi. Qizil kartochka sabab majburiy o'zgarishlar amalga oshirdik. Jarohati bor futbolchilarimizni ham maydonga tushirishga to'g'ri keldi. Agar hakam qizil kartochka bermaganida, ikkinchi golni urib, bahsni g'alaba bilan yakunlar edik.

Bugungi bahsdagi natija faoliyatimdagi eng og'iri. Qizil kartochkani haligacha xazm qila olmayapman. Ofsayd aniqlanganidan so'ng hakamlar VARni ko'rib, futbolchimizni maydondan chetlatyapti. Lekin yigitlar oxirigacha kurashishdi, ularga rahmat aytaman.

- Namangan haqidagi taassurotlaringiz va muxlislar yaratgan atmosfera haqida nima deya olasiz?

- Muxlislar jamoani juda yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Ushbu g'alaba ishqibozlar effekti sabab ro'y berdi deb o'ylayman. Hakamlar muxlislarning bosimi tufayli xato qilishga majbur bo'lishdi. O'sha xato bo'lmaganda, g'alaba bilan qaytgan bo'lardik. "Navbahor"ning g'alabasi to'lig'icha muxlislarniki. Eronlik muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular kamchilik bo'lishiga qaramasdan, bizni imkoni boricha qo'llab turishdi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика