So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Nasaf"ning OCHLdagi bo'lajak raqibi eski "qadrdonlar" Yangiliklar

"Nasaf"ning OCHLdagi bo'lajak raqibi eski "qadrdonlar"

Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL guruh bosqichiga chiqish yo'lida Iordaniyaning "Al Faysali" klubiga qarshi duch kelmoqda.

Iordaniyaning amaldagi chempioni "Al Faysali" "Nasaf" uchun begona raqib emas. Ushbu jamoalar 2011 yili OFK kubogining 1/16 final bosqichida  to'qnash kelishgandi. Qarshida bo'lgan bahsda "ajdarlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, nimchorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritishgandi.

OFK Kubogi-2011
1/16 final.
"Nasaf" - "Al Faysali" 2:1
Qarshi, "Markaziy" stadion (15000 tomoshabin)
Gollar: Lutfulla To'raev (28), Ilhom SHomurodov (56) - Anas Hijax (78)

Aynan o'sha yili "Nasaf" OFK kubogida zafar quchgandi.

O'shanda "Nasaf"ni ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqargan.
"Ay Faysali" rulida esa Rateb Al-Avadat bo'lgan.

Bu qiziq, lekin fakt! "Al Faysali" "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin, aniqrog'i, 2011 yildan 2017 yilga qadar  oz emas, ko'p emas naqd 21 nafar murabbiyni istefoga chiqardi.

Murabbiylar qo'nimsizligi davom etayotgan jamoani ayni paytdagi yangi bosh murabbiyi Dragan Talajich ham "Nasaf" uchun begona emas.


CHunki ushbu mutaxassis OFK kubogi finalida "Quvayt SK" jamoasi bosh murabbiyi sifatida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'lgan.

Demak "Nasaf"ning bo'lajak raqibi notanish emas.

"Al Faysali" ham, jamoa bosh murabbiyi Talajich ham Ro'ziqul Berdievga yaxshi tanish bo'lgan raqib.
CHunki ularga qarshi o'yinlarda Ro'ziqul Berdiev o'sha paytdagi bosh murabbiy Anatoliy Demyanenkoga yordamchi sifatida faoliyat olib borgan.
Ozmi-ko'pmi, Berdiev ham bo'lajak raqiblari haqida tasavvurga ega.

Qiziq tomoni, "Faysali" uchun ham, Talajich uchun ham Qarshi safari muvaffaqiyatsiz bo'lgan.

Umid qilamizki, bu safar ham "Al Faysali" hamda Dragan Talajichning Qarshiga uyushtirayotgan safari "Nasaf" uchun muvaffaqiyatli yakun topadi.

"Nasaf"ning hozirgi tarkibidan faqatgina himoyachi Maqsud Karimov o'sha paytda "Al Faysali"ga qarshi maydonga tushgandi.

Ayni paytda "Al Faysali" Iordaniya chempionatida 4-pog'onada bormoqda. Dragan Talajich "Al Faysali"ga kelganidan keyin jamoaning natijalari ancha yaxshilandi. Jamoa ketma-ket g'alabalar seriyasini boshlab oldi.

OCHL-2018. Pley-off bahslari 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика