"Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan "Sharja" legioneri jamoani tark etdi
15 fev 18:28
Yangiliklar
"Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan "Sharja" legioneri jamoani tark etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubining venesuelalik hujumchisi Saul Guarirapa jamoa bilan xayrlashdi.
23 yoshli futbolchining ijara muddati yakunlandi va u Rossiyaning "Sochi" jamoasi safiga qaytdi. Guarirapa o'tgan yil sentyabr oyida "Sharja"ga ijara asosida yo'l olgan edi.
Futbolchi arab klubi tarkibida chempionat doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U umumiy hisobda 29 daqiqa harakat qildi va 1 ta gol muallifi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turidan o'rin olgan "Sharja" – "Nasaf" uchrashuvi 16 fevral kuni 21:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar