So’nggi yangiliklar

18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   1 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  1 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  0 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   1 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  7 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  12 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  6 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  2 12:38"Манчестер Юнайтед" Аюб Буадди билан шартнома имзолашга яқин турибди  5 12:13"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 11:28"Манчестер Юнайтед" "Порту" хавбеки учун "Атлетико" билан курашади  0

"Nasaf" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: "quturgan" tarkib, chempionlik vazifasi va yangi legionerlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Nasaf" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: "quturgan" tarkib, chempionlik vazifasi va yangi legionerlar (mutolaa uchun)

Tez orada Superliganing yangi mavsumi boshlanadi. Championat.asia shu munosabat bilan har bir klub haqida, aniqrog'i, ular qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berib boradi. Endi gal "Nasaf"ga

Transferlar va tarkib

"Nasaf" o'tgan mavsum Superkubok va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi va OCHLda guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari zabd eta olmagan yagona cho'qqi esa chempionat oltin medallari bo'ldi. "Nasaf" jamoasi yangi mavsumda Superligadagi g'oliblik uchun ham asosiy davogarlardan biri. "Ajdarlar" qishki transferlar oynasidan eng unumli foydalangan jamoa bo'ldi deb ayta olamiz, sababi Ro'ziqul Berdiev O'zbekistondagi eng kuchli tarkibni tuzdi va ushbu tarkib mamlakatimizda eng qimmati. "Nasaf" jami 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi va ular: Islom Kenjaboev, Temur CHogadze, Igor Golban, Viktor da Silva, Zoran Marushich, SHarof Muhitdinov, Bobir Abdixoliqov va Zafar Safaev.

Amaldagi Qozog'iston chempioni Bobir Abdiholiqov faoliyatidagi dastlabki klub "Nasaf"ga qaytdi. SHuningdek, ilgari "ajdarlar" safida to'p tepgan Islom Kenjaboev ham jamoaga qaytdi. So'ngi mavsumlarni "Navbahor" safida o'tkazgan tajribali himoyachi Igor Golban ham "Nasaf" safiga yana qo'shildi. O'tgan mavsum "Neftchi"da o'ynagan SHarof Muhitdinov yangi mavsumni "Nasaf"da o'tkazadi. Muhitdinovham ilgari "Nasaf"da o'ynagan. O'tgan mavsum "Bunyodkor"da bo'lgan Zafar Safaev yangi mavsumni "Nasaf"da boshlaydi.

Qarshiliklar o'z safiga uch nafar legioner futbolchini qo'shib olishdi. Qozog'istonning "SHaxtyor" jamoasida faoliyat yuritgan gruziyalik Temur CHogadze "Nasaf" bilan shartnoma imzoladi. Superliga muxlislariga tanish bo'lgan gruziyalik hujumchi Zoran Marushich bir mavsumlik tanaffusdan so'ng yana chempionatimizga qaytdi va "Nasaf" bilan shartnoma imzoladi. "Nasaf" jamoasining yana bir katta transferi braziyaliyalik 29 yoshli hujumchi Viktor da Silva bo'ldi. da Silva faoliyati davomida Italiyaning "Peskara", "Breshio", "Kevo" kabi jamoalarida to'p tepgan.

Mavsum yakuniga ko'ra "Nasaf"ni bir nechta asosiy futbolchilar tark etishdi. Uzoq yillardan beri "Nasaf"da o'ynayotgan va jamoa sardori bo'lgan Umar Eshmurodov "Nasaf"ni tark etdi va Malayziyaning "Selangor" jamoasiga yo'l oldi. SHuningdek, CHempionlar ligasidagi yorqin o'yinlari bilan esda qolgan Aziz Amonov ham jamoani tark etdi. Terma jamoamiz azosi BAA chempionatidagi "Horfakkan" jamoasi safiga o'tdi.

Lima Kruz va Andres CHavez kabi "top" hujumchilar ham jamoani tark etishdi. Bahrom Abdurahimov esa "Qo'qon-1912" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. "Nasaf" tarkibidan ketgan barcha futbolchilar: Lima Kruz, Andres CHavez, Umar Eshmurodov, Bahrom Abdurahimov, Aziz Amonov, Suhrob Nurulloev, Jo'rabek Mannonov, Asliddin Tursunpo'latov, Jamol Qilichev, Bobur Karimov, SHahzod Xushvaqtov, Mirjalol Qosimov, Jahongir SHermatov, Nodirbek Mukarov (ijaraga), Mahmud Jo'raboev (ijaraga), Javohir O'tamurodov, Zafar Hakimov, Bekjon Jo'raev.

Yig'indagi natijalar

"Nasaf" jamoasi qishki yig'inlarni Qarshida va Antalyada o'tkazdi. 3 yanvar kuni o'z bazasida yig'inlarni boshlagan jamoa, 10 yanvar kunidan Antalyaga yo'l oldi va 31 yanvar kuniga qadar o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdi. Nazorat uchrashuvida qo'yidagi natijalar qayd etildi.


14.01.2024

"FK Liapi" - "Nasaf" 1:2

Gollar: Islom Kenjaboev, Viktor da Silva.


15.01.2024

"Turan" - "Nasaf" 2:4

Gollar: Viktor da Silva(xet-trik), Siddiqov


18.01.2024

"Alaniya" - "Nasaf" 0:1

Gol: Viktor da Silva.


19.01.2024

"Fakel" - "Nasaf" 1:2

Gollar: Bryzgalov, Kenjaboev, Stanoevich.

22.01.2024

"Seged" - "Nasaf" 2:0

Gollar: Markvat, Zuygeber.


23.01.2024

"Mauaense" - "Nasaf" 0:1

Gol: Narzullaev


26.01.2024

"Kuban" - "Nasaf" 2:3

Gollar: Reyxman, Rahmatov, Mozgovoy.


27.01.2024

"Nasaf" - "Termalika" 0:2

Gollar: Edrasik, Karasyok.

"Maua" - "Nasaf" 1:2

"Radnik" - "Nasaf" 0:0

"Ajdarlar" o'quv mashg'ulot yig'inlari doirasida jami 9ta uchrashuv o'tkazishdi. Ro'ziqul Berdiev jamoalari etti uchrashuvda g'alaba qozondi.


Osiyo CHempionlar ligasi

Osiyo qitasining eng yirik turnirida ishtirok etgan "Nasaf" jamoasi pley-off bosqichining nimchorak finaliga qadar etib bordi. O'z guruhida 11 ochko to'plab, guruh g'olibiga aylangan "ajdarlar" 1/8 finalda Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" jamoasiga qarshi to'qnash kelishdi. Qarshidagi dastlabki uchrashuvda nursiz durang qayd etilgan bo'lsa, safarda so'nggi daqiqalardagi o'tkazib yuborilgan gol sababli gol tufayli 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yaqin kunlarda start oladigan yangi mavsumda esa "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi toifali musobaqasida ishtirok etadi.

Ekipirovka masalasi

"Nasaf" jamoasi ikki mavsumdan buyon "Kelme" brendining ekipirovkalaridan foydalanib keladi. Yangi mavsum oldidan tashkil etilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimida klub yangi mavsum liboslarini taqdim etdi.

"Nasaf"ning imkoniyatlari

"Nasaf" yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi va Ro'ziqul Berdievning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi shubhasiz chempionlik. Ketma-ket uch mavsumdan buyon Kubokda g'olib bo'layotgan "Nasaf"ga faqatgina Superliga chempionligi etishmayapti. "Ajdarlar" ushbu maqsadiga etishish uchun o'z safiga tajribali futbolchilar Bobir Abdiholiqov va bir nechta legionerlarni jamoaga jalb etdi. Qarshi jamoasi yangi mavsumga kuchli tarkib jamladi va jamoa medallar uchun kurashishi va ayniqsa oltin medalga davogarlik qilishi kutilmoqda. SHuningdek, "ajdarlar" O'zbekiston kubogi va Superkubokda favorit sifatida ko'rilmoqda.

"Nasaf" jamoasining taxminiy asosiy tarkibi: Abduvohid Nematov, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, Alibek Davronov, SHerzod Nasrullaev, SHuhrat Muhammadiev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoevich, Temur CHogadze, Viktor da Silva, Bobir Abdiholiqov.

Dastlabki raqib

Superliga-2024 musobaqasi "Nasaf" uchun 1-mart sanasida start oladi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari birinchi tur bahsida "Olimpik" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda qarshiliklarning imkoniyatlari yuqoriroq.

1 mart, 19:15

Qarshi «Markaziy» stadioni

Bosh hakam: Aziz Asimov

Qanot hakamlari: Sanjar SHoyurupov, Alisher Usmonov

Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

VAR: Ahror Risqullaev

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Qudrat MadraimovAbdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика