So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

"Nasaf" stadioni direktori: “Ertaga bo'ladigan o'yinni bayramdek o'tkazamiz” Yangiliklar

"Nasaf" stadioni direktori: “Ertaga bo'ladigan o'yinni bayramdek o'tkazamiz”

Teglar :  Nasaf
Ayni paytda Qarshi shahrida qor yog'ishi davom etmoqda. Bu holat futbol ishqibozlarini biroz xavotirga ham solishi turgan gap.

“Markaziy” stadioni xodimlari bu ob-havoga tayyormidi? SHunga aniqlik kiritish maqsadida, stadioni direktori Baxritdin aka Egamberdievni suhbatga tortdik.

-Bugun Qarshida noqulay obhavo bo'lishi, yani qor yog'ishi bizga avvaldan malum edi. Faoliyatimiz yuzasidan sinoptiklarning malumotidan doimo xabardor bo'lib turamiz. Albatta, “Markaziy” stadionimizda qish faslidayoq katta futbol uchrashuvi bo'layotgani quvonarli hol. Ammo bunday noqulay ob-havo biz uchun biroz tashvishli ham. Ammo stadionni o'yinga tayyorlash bu –bizning vazifamiz va burchimiz. Bunday ob-havo muxlislarning ham, futbolchilarning ham kayfiyatiga salbiy tasir qilmasligiga harakat qilamiz. Noqulay ob-havoni birinchi marta ko'rayotganimiz yo'q. Futbol maydonini va stadion o'rindiqlarni qordan tozalashga barcha texnikalarimiz hamda ishchilarimiz shay holatda turishibdi. Ertaga 130 nafarga yaqin ishchi-xodimlarimiz stadionni qordan tozalashga jalb etiladi. Ayni paytda stadionimiz futbol maydoni maxsus qoplama bilan yopilgan. Bu qoplama maydonni qordan asraydi. Ertaga futbolchilarning yashil maydonda bemalol harakat qilishlarini taminlaymiz. Maqsadimiz, ertaga bo'ladigan futbol uchrashuvini bayramdek o'tkazish. Bunday ob-havodan futbol ishqibozlari hech qanday xavotirlanmasliklarini so'rayman. Hozir yurtimizda qish fasli. Muxlislarning esa ikkilanmasdan stadionimizga tashrif buyuraverishlarini so'ragan bo'lar edim.

Uchrashuvga chiptalar sotuvi davom etmoqda. Maboda kimdir chipta xarid qilishga ulgurmagan bo'lsa, marhamat chipta xarid qilaverishsin. Bunday uchrashuvni bevosita stadionga kelib tomosha qilishga nima etsin.

“Markaziy” stadionimizga marhamat qiling. Maqsadimiz, ertaga bo'ladigan futbol uchrashuvini bayramga aylantirish", - dedi stadion direktori.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика