So’nggi yangiliklar

00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  0 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23

“Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu Yangiliklar

“Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
“Nasaf” 9-tur uchrashuvini Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 30 aprel dushanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Superliga. 9-tur
“NASAF” – “SO'G'DIYONA”
30.04.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam: 
Akobirxo'ja SHukurullaev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat No'monov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
Komissar: Bekzod Aripov.
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o'zaro 34 marotaba kuch sinashgan. SHulardan 27ta o'yinda “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda o'zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So'g'diyona” jamoasi g'alaba qozongan. O'zaro uchrashuvlarda 105 marta darvozalarga gol kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida – 76:29.

“So'g'diyona” futbolchilari so'nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo'lib o'tgan Jizzaxdagi uchrashuvda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan. SHundan keyingi o'zaro bo'lib o'tgan 14 uchrashuvda ham "Nasaf" ketma-ket g'alaba qozonib kelmoqda.


O'tgan yilgi o'zaro uchrashuvlar natijasi
O'zPFL 4-tur. 30.03.2017
“Nasaf” (Qarshi) - “So'g'diyona” (Jizzax) 4:0 (2:0)   4122 tomoshabin
G'uzor sh., “G'uzor” markaziy stadioni. 17:00da      
Gollar: 
Dragan CHeran, 18’-1:0, 82’-3:0, Odiljon Hamrobekov, 22’-2:0, Bobir Abduholiqov, 89’-4:0.
 

O'zPFL 19-tur
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Nasaf” (Qarshi) 0:3 (0:2). 1502 tomoshabin
26.09.2017. “So'g'diyona” stadioni. 17:00da
Gollar: 
Igor Golban, 34’-0:1, Jasur Hasanov, 35’-0:2, Islom Kenjaboev, 74’-0:3

Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o'zaro 17ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 1 marta “So'g'diyona” jamoasining, 15 marta “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Qarshida o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlarning faqat bittasida golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 60ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ustunlik "ajdarlar" tomonida - 45:15.

Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o'zaro maydonga tushgan bo'lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g'alabasini 2000 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan. Bu uchrashuvda Qarshi klubi kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullaev kiritgan.

“So'g'diyona” jamoasi Qarshidan so'nggi bor 2004 yili g'alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo'lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo'lgan.

O'zaro qayd etilgan yirik hisoblar

"Nasaf" jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag'lub etgan. “So'g'diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g'alabaga erishgan.

O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” olti marta yirik hisobda g'alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko'rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O'zaro o'tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

O'zaro uchrashuvlarda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar

O'zaro o'yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchi jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg'ol eta olmagan. SHuningdek,  Baxtiyor Davlatov va ayni paytda "Nasaf"ga bosh murabbiylik qilayotgan Ro'ziqul Berdiev va jamoaning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o'zaro o'yinlarda 3 martadan “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol qilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

O'zingizga malum, “Nasaf” o'tkazgan 8 uchrashuvida 14 ochko jamg'arib, 4-o'rinda bormoqda. “So'g'diyona” jamoasi esa 8 uchrashuvdan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog'onasini egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 8-turda AGMK jamoasi bilan safarda durang qayd etdi.

“So'g'diyona” jamoasi ham o'z maydonida “Qo'qon-1912” bilan durang o'ynadi.

Jamoalar mana shunday ko'rsatkichlar bilan, navbatdagi o'zaro uchrashuvga etib kelishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика