So’nggi yangiliklar

13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  7 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  8 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10

"Nasaf" – "Paxtakor" o'yini poytaxliklar so'roviga ko'ra qoldirildi Yangiliklar

"Nasaf" – "Paxtakor" o'yini poytaxliklar so'roviga ko'ra qoldirildi

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Paxtakor" to'qnashuvi 20 may kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

Mazkur bellashuv "Paxtakor" futbol klubi so'roviga asosan qoldiriladi. 

"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 10.9-bandida  O'zbekiston U-20 termasining Jahon chempionati final bosqichi uchrashuviga uch va undan ko'p futbolchisi jalb qilingan klub rasmiy uchrashuvni boshqa sanaga ko'chirishni so'rab murojaat qilishga haqli ekanligi qayd etilgan. O'zbekiston U-20 termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Argentinadagi mundialga "Paxtakor"ning 8 nafar azosini olib ketishni rejalashtirgan: Otabek Boymurodov, Diyorbek Ortiqboev, Abubakr Ashurov, Abbos Fayzullaev, SHahzodbek Rahmatullaev, Behruzbek Asqarov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov. SHundan kelib chiqib, Liga "Paxtakor" so'rovini qanoatlantiradi. 

Reglament bo'yicha "Paxtakor" U-20 Osiyo Kubogi davrida ham rasmiy uchrashuvlarini surishni so'rashi mumkin edi. Biroq klub o'tgan davr davomida vaziyatdan ko'chirishlarsiz chiqishga erishdi. Ayni vaqtda esa nafaqat yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilar jamoa bilan birga emas, balki yoshi nisbatan kattaroq qator futbolchilarda ham jarohatlar mavjud. 

Avvalroq Liga "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvini Qarshi klubining CHempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab mavsum oldidan o'tkaza olmagandi. Iyun oyida Srechko Katanes O'zbekiston milliy terma jamoasini FIFA kunlaridan avvalroq yig'ishga majbur bo'layotganini ham hisobga olsa, 2022 yilgi mavsum sovrindorlari ishtirokidagi har ikki o'yin iyul yoki avgust oylarida o'tkazilishi mumkin. Liga bu haqda keyinroq qaror qabul qiladi. Boisi biz OFK tomonidan CHempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumiga qura tashlanishini kutishga majburmiz. Zero, mazkur musobaqada Superliganing to'rt klubi O'zbekiston sharafini himoya qiladi. SHundan kelib chiqibgina mavsumning ikkinchi davrasi uchun taqvim shakllantirish mumkin bo'ladi.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика