So’nggi yangiliklar

07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  18 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  4 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  5

“Nasaf” klubi o'z muxlislarini qadrlaydi Yangiliklar

“Nasaf” klubi o'z muxlislarini qadrlaydi

Teglar :  Nasafmuxlislar
Bugun “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi boshlanishidan avval “Markaziy”ga tashrif buyurgan muxlislar qiziqarli va hayajonli voqeaga guvoh bo'lishdi.

“Nasaf” futbol klubining tashkil bo'lgandan buyon ashaddiy muxlisi bo'lgan, ellik yildan oshiq yoshlarga talim va tarbiya bergan ustoz, qishloq xo'jalik fanlari nomzodi, docent. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan paxta ustasi, muxlislar klubining faol azosi CHori Aslanovning muborak 75 yoshga to'lganligi stadionda o'zgacha nishonlandi. U kishiga hurmat va ehtirom uchun milliy to'nimiz kiydirildi, esdalik sovg'alari topshirildi. Stadion suhandoni u kishiga “Nasaf” PFKning tabrigini o'qib eshittirdi. “Markaziy”ga tashrif buyurgan futbol shaydolari u kishini tik turib uzoq olqishlashdi.

Bu tadbir “Nasaf” PFK muxlislar klubi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Ustozimiz va muxlisimiz CHori Aslanov 75 yoshga to'lsada, “Nasaf”ning hoh o'z maydonidagi, hoh safardagi o'yinlarini tomosha qilishni hech qachon kanda qilmaydilar. U kishi yosh muxlislarimizni futbolga qiziqtirishda o'rnak va ularga ustozlik qilmoqdalar.

“Nasaf” PFK o'zining shunday muxlislari borligidan faxrlanadi va bunday muxlislarini doimo qadrlaydi.

Hurmatli ustozimiz va muxlisimiz CHori Aslanovning 75 yoshga to'lganligi munosbati bilan butun “Nasaf” PFK jamoasi nomidan, klubimizning ko'pmingsonli ishqibozlari nomidan samimiy tabriklaymiz! U kishiga sihat-salomatlik, uzoq umr tilab qolamiz. Klubimiz bilan doimo birga bo'lishda charchamang deb, qolamiz.

Bugun yana to'rt nafar “Nasaf” futbol klubining ashaddiy ishqibozlari Javlon Jamolov va Eldor Narzullaev, Qahramon Ro'ziqulov va Ulug'bek Amirqulovlar bu yilgi chempionatning birinchi davrasidagi “Nasaf” klubining eng faol muxlislari” sifatida etirof etildi. Ularga esdalik uchun maxsus futbolkalar topshirildi.

“Nasaf” futbol klubi doimo o'z muxlislarini ana shunday qadrlaydi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика