So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  16 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz" - Berdievning gruziyalik topilmasi yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz" - Berdievning gruziyalik topilmasi yana nimalar dedi?

Qarshining "Nasaf" jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtidan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

To'g'ri taklif qilinayotgan futbolchilar son jihatdan ko'p emasdir, lekin jamoaga foyda keltiradigan ijrochi ekanligini sezish qiyin emas. Gap kelishi bilanoq gollar urishga kirishib ketgan gruziyalik Jaba Jigauri haqida ketmoqda. Futbolchi 3ta o'rtoqlik uchrashuvida 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu borada Jabaning dastlabki taassurotlari bilan qiziqdik.

- "Nasaf" jamoasiga xush kelibsiz. O'zbekistonga ko'chib o'tishingiz faoliyatingizda muhim o'zgarishmi yoki bu siz uchun navbatdagi oddiy transfer?
- Bu albatta yangi chaqiruv. "Nasaf" juda katta klub va o'z tarixiga ega. "Nasaf" katta bir oila ekan, men ushbu katta oilaning azosiga aylanganimdan juda xursandman.

- Sizga Polsha va Evropaning turli klublaridan qiziqish bo'lganligini eshitdim. O'zbekiston variantini o'ylayotganingizda, birinchi navbatda milliy chempionat darajasiga etibor berdingizmi yoxud sizga qiziqayotgan klubning darajasiga?
- Menda Evropadan aniq taklif bor edi. Ular menga shartnoma taklif qilishdi ham, lekin "Nasaf" men uchun eng yaxshi variant edi. "Nasaf" katta potencial ega. Men shu sababdan "Nasaf"ni tanladim. Biz "Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz.

- O'zbekiston chempionati haqida qanday fikrdasiz? "Nasaf" jamoasi haqida avval nimalarni bilar edingiz?
- O'zbekiston chempionati yaxshi darajada. Barcha klublar tabiiy maydonga ega. CHempionat darajasi ham ancha yaxshi. Men O'zbekistonda faoliyat yuritgan tanishlarimdan maslahat so'ragan edim va ular chempionatingiz darajasini yaxshi baholashdi.

- "Nasaf"da 70chi raqamni tanladingiz. Bunga sabab nima? Raqam tanlaganingizda nimalarga etibor berasiz?
- 70chi raqam Qarshi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini bilaman. Qarshiliklar futbolni sevishadi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ham ular bizni yolg'izlatib qo'yishmadi. SHu sabab 70chi raqamni tanladim. "Nasaf" muxlislarini xursand qilish niyatim bor.

- Siz Evropada "porlayotgan" Xvicha Kvaracxeliya bilan birga o'ynagansiz. U bilan hali ham gaplashib turasizmi? Xvicha "Napoli"da qolishi qanchalik to'g'ri yoki u yangi darajaga chiqib bo'ldimi? Masalan Xvicha Angliya chempionatida o'ynab keta oladimi?
- Ha, men Xvicha bilan birga o'ynaganman. Biz hali ham do'stmiz. U yangi mavsumda "Napoli"da qoladigan bo'ldi. Keyingi mavsumlarda boshqa klublarga o'tishi mumkin, lekin kelayotgan mavsumda u "Napoli"da bo'ladi. Mening fikrimcha, Xvicha har qanday chempionatda yorqin o'yin namoyish eta oladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика