"Nasaf" "Atletiko Madrid"da o'ynagan serbiyalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi
30 iyu 21:41
Yangiliklar
"Nasaf" "Atletiko Madrid"da o'ynagan serbiyalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi
Qarshining "Nasaf" klubi davralar oralig'ida bir qator transferlarni amalga oshirdi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi xabariga ko'ra, qarshiliklar serbiyalik yarim himoyachi Stefan Kolovichni o'z safiga qo'shib olgan.
30 yoshli yarim himoyachi o'smirlik yillari "Atletiko Madrid" yoshlar jamoasida bir muddat harakat qilgan. Professional futbolchilik faoliyatini esa, asosan, mahalliy klublarda o'tkazgan.
SHuningdek, "ajdarlar" Valentino Yuel, Dilshod Komilov va SHohjahon Sultonmurodov bilan shartnoma imzoladi. Zafar Safoev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa bekor qilindi.
Fikrlar