"Nasaf" 5 futbolchini ijaraga berdi va 4 futbolchi bilan xayrlashdi
13 iyu 2023 14:09
Yangiliklar
"Nasaf" 5 futbolchini ijaraga berdi va 4 futbolchi bilan xayrlashdi
Qarshi klubidagi transfer oynasi vaqtidagi o'zgarishlar haqida.
"O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoamizda davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'layotganidan xabaringiz bor.
Yozgi transfer oynasi vaqtida hozircha jamoamizga gruziyalik Jaba Jigauri kelib qo'shildi.
O'yin amaliyotini saqlab qolish uchun Aziz Xolmurodov va Nodirbek Mukarov Yaypanning "Turon" jamoasiga, SHahzod Akramov va Javohir O'tamurodov "Olimpik" jamoasiga, Mahmud Jo'raboev "Buxoro" jamoasiga mavsum so'ngiga qadar ijaraga berildi.
SHohmalik Komilov, Sardor Sadullaev, Azamat Soyibov va Muhammadjon Rahimov klub bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi va jamoani tark etishdi", – deyiladi "Nasaf" matbuot xizmati bergan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar