So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

“Napoli” Italiya Kubogini beshinchi marotaba qo'lga kiritdi FOTO Yangiliklar

“Napoli” Italiya Kubogini beshinchi marotaba qo'lga kiritdi FOTO

Rim shahridagi “Stadio Olimpiko”da Italiya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkazilib, unda “Napoli” klubi “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushdi.
Takidlash joiz, o'yin belgilangan vaqtdan 40 daqiqa kech boshlandi. Bunga stadion tashqarisida ro'y bergan ommaviy tartibsizliklar sabab bo'ldi.

Stadionga yaqin joyda “Napoli”ning to'rt nafar fanatiga nomalum kimsalar tomonidan hujum uyushtirilgan. To'pponchadan otilgan o'q bir tiffozining ko'krak qafasiga tekkan va zudlik bilan gospitalga etkazilgan.

Stadionga yig'ilgan “Napoli” ishqibozlari bunga javoban uchrashuvni o'tkazmaslikni talab qilib, maydonga petardalarni uloqtira boshlashdi. SHu erning o'zida shoshilinch yig'ilish o'tkazilib, unda har ikki klub prezidentlari (Aurelio De Laurentis va Andrea Della Valle) ishtirok etishdi.

SHuningdek, Italiya bosh vaziri Matteo Renci, Italiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Jovanni Malago hamda mamlakat futbol federaciyasi rahbari Jankarlo Abetelar ham ushbu shoshilinch yig'ilishda qatnashishdi.

SHundan so'ng, “Napoli” sardori Marek Gamshik o'z jamoasining ishqibozlari bilan suhbatlashib, ularni tinchlanishga va og'irroq bo'lishga chaqirdi. Qirq daqiqadan so'ng esa uchrashuv boshlandi va yakunda “Napoli” florenciyaliklarni 3:1 xisobida engib, o'z tarixida beshinchi bor Italiya Kubogini qo'lga kiritdi.

SHu paytgacha, neapolliklar mamlakat kubogiga 1962, 1976, 1987 hamda 2012 yillarda ega chiqishgandi.

Italiya Kubogi. Final

FIORENTINA – NAPOLI - 1:3 (1:2, 0:1)

4 may, 00.45. “Stadio Olimpiko”

Gollar: 0:1 – 11 Insine, 0:2 – 17 Insine, 1:2 – 28 Vargas, 1:3 – 90 Mertens.

Fiorentina – Neto, Tomovich, Savich, Gonsalo, Paskual (Fernandes, 56), Ilichich, Akvilani (Matri, 83), Xoakin (Rossi, 72), Borxa Valero, Vargas, Pisarro.

Napoli – Reyna, Fernandes, Albiol, Enrike, Gulyam, Gamshik (Mertens, 64), Jorjino, Inler, Kalexon, Insine (Bexrami, 81), Iguain (Pandev, 71).

Ogohlantirishlar: Borxa Valero (10), Albiol (36), Ilichich (40), Tomovich (47), Inler (50), Fernandes (65), Insine (78), Reyna (81).

CHetlatish: Inler (79).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика