So’nggi yangiliklar

16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1

Namanganlik futbolchilar Nanay qishlog'ida yig'in o'tkazishmoqda (FOTO) Yangiliklar

Namanganlik futbolchilar Nanay qishlog'ida yig'in o'tkazishmoqda (FOTO)

Yaqinda tanlov asosida Namangan sport kollejiga qabul qilingan 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Futbolchilar shu kunlarda Toshkent viloyatining Nanay qishlog'ida 10 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. Kecha saytimiz vakillari shundoqqina tog' yon bag'rida joylashgan so'lim qishloqda bo'lib, yosh futbolchilarning mashg'ulot jarayonini kuzatib qaytdik. 

17 nafar futbolchi mashg'ulot olib borayotgan yig'inga taniqli murabbiy Rauf Inileev rahbarlik qilmoqda. SHerzod Jo'raev esa Namangan sport kollejining 2004 yilda tug'ilgan futbolchilariga bosh murabbiy etib tayinlangan. 

Biz kechga yaqin Nanayga kirib borganimizda bolalar to'p bilan ishlash mashqlarini boshlab yuborishgan ekan. "Bu erda 10 kun davomida mashg'ulot o'tkazamiz, - deydi jamoa bosh murabbiyi SHerzod Jo'raev. - Havo yaxshi, futbolchilar ham zo'r berib mashq qilishmoqda. Bu futbolchilarni yaqinda tanlov asosida qabul qilib oldik. Keyinchalik ulardan Namangan futboli uchun mohir o'yinchilar etishtirib berishga harakat qilamiz". 

SHuni aytish lozim, futbolchilar bu erda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti. Ertalabki mashg'ulot soat to'qqizda boshlansa, kechki mashg'ulotlarga soat beshdan keyin start beriladi. O'n kunlik yig'in yakuniga etganidan so'ng jamoaning Toshkentga kelib birorta jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish murabbiylar rejasidan o'rin olgan. 

X.Xoliqov. 












Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика