"Namanganda "Navbahor" favorit, "Andijon" chaqilmas "yong'oq"ligini o'tgan turda isbotladi" - Bugungi uchrashuvlardan oldin mutaxassis fikri
11 mar 2023 08:47
Yangiliklar
"Namanganda "Navbahor" favorit, "Andijon" chaqilmas "yong'oq"ligini o'tgan turda isbotladi" - Bugungi uchrashuvlardan oldin mutaxassis fikri
Mazkur bahslardan oldin sobiq futbolchi Anvar G'ofurov o'z taxmin va fikrlarini bildirib o'tdi.
|
Navbahor Jamshid Boltaboev - 38', ZHasur YAxshiboev - 42', Jamshid Iskanderov - 90' |
Superliga. 2-tur 11/03/2023, 16:00 0
:
3
Tugadi
|
Metallurg |
"Navbahor" - "Metallurg"
— "Navbahor" bu o'yinda yaqqol peshqadam, deb o'ylayman. CHunki ularning oldiga qo'ygan maqsadlari barchaga malum. "Metallurg" uchun Namanganda oson bellashuv bo'lmaydi. Bekobodliklarga qarshi yaxshi futbolchilardan iborat jamoa o'ynaydi. O'yin har doim o'ziga ko'p muxlisni jamlaydigan stadionda bo'lib o'tadi.
Imkoniyatlar: 65/35

|
Surxon Sunnatulloh Hamidjonov - 81' |
Superliga. 2-tur 11/03/2023, 17:00 0
:
1
Tugadi
|
Andijon |
"Surxon" - "Andijon"
— "Surxon" yosh tarkibga ega bo'lgan jamoa. Ularga o'z o'yinini topishi uchun qanchadir vaqt kerakdir. Lekin bu jamoa har bir o'yinda g'alaba qozonishga qodir, deya olaman. "Andijon" jamoasi birinchi turda safarda oldiga qo'yilgan vazifani yuz foiz bajardi. Qarshida kuchli jamoadan ustun kelib, chaqilmas "yong'oq" ekanligini namoyish qildi.
Imkoniyatlar: 55/45
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar