So’nggi yangiliklar

13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  0 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  1 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   10 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1

Namangan televideniyasiga rahmat! Yangiliklar

Namangan televideniyasiga rahmat!

Xabaringiz bor, kuni kecha yangi foydalanishga topshirilgan "Navbahor" Markaziy o'yingohida dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi.
"Navbahor" hamda "Olmaliq" jamoalari ishtirokidagi mazkur bahs ayrim jabhalarda yangilik sifatida namoyon bo'ldi. Xususan, Namangan viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari mazkur uchrashuvni tarixda ilk bor (menimcha) to'g'ridan-to'g'ri, jonli tarzda efirga namoyish etdi.

Bunday translyaciyalar albatta uchrashuvlarga tusholmaydigan muxlislarga yoqib tushdi. Ha-da, vodiyda birinchi bor viloyat telekanallari orasida Namangan televideniyasi jonli futbol uchrashuvini efirga uzatdi. Balki, Toshkent hududidan boshqa viloyatlarda bunday jonli efir bo'lmagandir. Buning uchun barcha teleradiokompaniya ijodkorlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Dastlabki efir bo'lgani uchun kamchiliklar kuzatildi. Xususan, sharhlovchi Elyor Abduvohidov o'yinni sharhlovchilar xonasidan sharhlaganda ovozi jaranglab turdi. O'yingohdagi ovozlar efirda juda past eshitildi. SHuning uchun o'yinni tomosha qilganlar zerikib ham qolishdi. SHuningdek, asosiy kamera o'rnatilgan nuqtada o'yingohning "karnay"lari o'yinni kuzatishda ko'p hollarda halaqit qilib turdi. CHap tomondan amalga oshiriladigan burchak to'plari asosiy kamera orqali ko'rinmadi.

Asosiy masala boshqa. Hozir XXI asrda yashamoqdamiz. Bu asr texnika asri sanaladi. Lekin negadir viloyat teleradiokompaniyasi hali ham eski chastotada efirga chiqmoqda. Hatto DMV kanallar orasida ham Namangan telekanali yo'q. Menimcha, yangi to'lqinga o'tish fursati keldi. Ana, Andijon va Farg'ona kanallarini yangi tyuner orqali ham ko'rish mumkin. Viloyat telekanalining hozir efirga chiqayotgan to'lqinini hamma ham tutolmaydi. Telekanalni ko'rayotganlar ham efir sifatini pastligini aytishadi. O'zim ham yashaydigan Pop tumanida Namangan telekanalini juda sifatsiz tarzda ko'ramiz. Demak, yangilanish vaqti keldi, nazarimizda.

Keyingi uchrashuvlardan ham jonli translyaciyalar kutib qolamiz! Bu borada televideniya ijodkorlariga omad tilaymiz!!!


Kamoliddin Hayitov, Pop tumani.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика