Nahotki?! "Qizilqum" bugun "Andijon"ga qarshi ikkinchi tarkib bilan tushadimi?
07 avg 2024 14:20
Yangiliklar
Nahotki?! "Qizilqum" bugun "Andijon"ga qarshi ikkinchi tarkib bilan tushadimi?
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston kubogida chorak finalning ikki bahsi bo'lib o'tadi.
Qarshida "Qizilqum" jamoasi "Andijon"ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da start oladi. Biroz avval navoiyliklar matbuot xizmati bugungi o'yin uchun jamoaning qaydnomasini elon qildi. Qizig'i, qaydnomadan 13 nafar asosiy o'yinchilar joy olmagan. "Qizilqum" bugun ikkinchi tarkibni tushiradi degani bu.
"Qizilqum"ning "Andijon"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:

Qaydnomada quyidagi futbolchilar o'rin olmagan:
1.Robert Ozols
2.Nikolay Tarasov
3.Giorgi Kuxianidze
4.Elguja Lobjanidze
5.Muhammadali G'iyosov
6.Davron Anvarov
7.Azizbek Usmonov
8.Jamoliddin Ubaydullaev
9.Samandar SHukurullaev
10.Asror G'ofurov
11.Akaki SHulaya
12.Fayzulla Qambarov
13.Baxtiyor Qosimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar