Nagelsmann: "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan muhim g'alabaga erishdik"
23 okt 2022 00:15
Yangiliklar
Nagelsmann: "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan muhim g'alabaga erishdik"
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Bundesligada "Xoffenxaym" mag'lub etilganidan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yindan juda ham mamnunman. O'yin oson o'tmadi. Bu biz o'zimiz istayotgan yo'lda tashlangan qadam bo'ldi. Dastlabki bo'limda katta ishtiyoq bilan o'ynadik. Menimcha yakkakurashlarning 71 foizida g'alabaga erishdik. 4-5ta gol urishimiz ham mumkin edi.
Ikkinchi bo'limda esa barchasi ayon bo'ldi. "Xoffenxaym" oldinroq chiqqan holda himoyalanishni boshladi. Biz esa oldimizdagi "Barselona" va "Maync"ga qarshi o'yinlar oldidan o'zimizni asrashga harakat qildik. CHiroyli o'yin va muhim g'alabani qo'lga kiritdik", - dedi Nagelsmann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar