So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

Nafaqat futbol, balki sport fidoiysi - Dmitriy Adisman yana bir yoshga ulg'aydi Yangiliklar

Nafaqat futbol, balki sport fidoiysi - Dmitriy Adisman yana bir yoshga ulg'aydi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbol ahlini unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'z tug'ilgan kunlarini nishonlayotganlar orasida nafaqat futbol, balki o'zbek sporti fidoiysi, "Paxtakor" klubi bosh direktori Dmitriy Adisman ham bor. Dmitriy Aleksandrovich haqida uzoq gapirish mumkin. Bu inson uzoq yillardan beri o'zbek sporti rivoji yo'lida mehnat qilib kelmoqda. 

Faoliyati davosmida gandbol, dzyudo, bodibilding va fintes kabi sport federaciyalarida rahbarlik lavozimlarida samarali ishladi. Hozirda u Xalq jamoasi nomi bilan mashhur bo'lgan "Paxtakor" professional futbol klubi bosh direktori! "Paxtakor"ning ichki va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarida Dmitriy Aleksandrovichning xizmatlari beqiyos. 

Fursatdan foydalanib, saytimiz o'quvchilari va xodimlari nomidan Dmitriy Adismanni tavallud ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Unga eng yaxshi tilaklarni bildiramiz. Aleksandrovichga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt, omad va ish faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 

"Paxtakor" oltin dublni qayd etib ulgurdi. Oldinda jamoani trebl kutmoqda. "Paxtakor" o'z bosh direktori Dmitriy Adisman bilan birga o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarni birma-bir zabt etishiga tilakdoshmiz.

Tug'ilgan kun muborak, Dmitriy Aleksandrovich!


Sobir Xodievning Dmitriy Adismanga tilaklari  

- So'zim avvalida Dmitriy Aleksandrovichni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etaman. Barcha orzu-istaklari ro'yobga chiqsin. Orzularining teng yarmi "Paxtakor" bilan bog'liq desam yanglishmagan bo'laman. Baxtiga yaqinlari, oila azolari sog' bo'lishsin, farzandlarini rohatini ko'rsin. Qolaversa, barcha yo'nalishdagi ishlariga ham rivoj tilayman. Qo'li ochiq, sahiy inson. Juda ko'pchilikka yordam beradi, lekin bu xayrli ishlarini hech kimga aytmaydi. Buni men yaxshi bilaman. Bu xayrli ishlariga Yaratgan o'z ajrini bersin. Bunday sahovatli, qo'li ochiq insonlar yurtimizda ko'payaversin. Nasib qilsa, bu yil hozir o'zimiz qatnashgan uchinchi musobaqada ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni xushnud etamiz.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика