MYU darajasidan o'tib ketgan De Xea
02 iyu 2018 18:45
Yangiliklar
MYU darajasidan o'tib ketgan De Xea
De Xeaning dietasi
Davidga yirik, muhim turnirlar sovrinlari etishmayapti. CHunki terma jamoa bilan ham unchalik omadi chopmayapti, buyuk davrga biroz kech qoldi. Ona yurti bo'lmish, Ispaniya chempioni bo'lmagan.
APL da hozircha yagona g'alaba birinchi mavsumda qo'lga kiritilgan, o'shanda De Xea hozirgidek top darvozabon sifatida qabul qilinmasdi. Fergyusonga tez-tez uning xatolari haqida eslatib turishardi. Ha, uni kuchli, iqtidorli darvozabonligini tan olishgan, lekin hech kim uni ikkinchi van der Sar demagandi. Hattoki, sovrin qo'lga kiritilgandan keyingi mavsumda ham De Xeaning asosiy tarkib uchun raqobatchisi bor edi – daniyalik Lindegor.
Keyinchalik ispaniyalik o'z o'yini bilan MYUda birinchi raqamga loyiqligini isbotlay oldi, olti mavsum o'tti, o'tgan vaqtda De Xea maqtana oladigan yagona sovrin Evropa Ligasi bosh sovrini bo'ldi. U erda ham jamoa finalda hali juda yosh "Ayaks"ni mag'lub etdi. Ammo bu ham o'rtamiyona sovrin, sababi jonajon "Atletiko"da ham posbon bu musobaqada zafar quchib bo'lgandi. Etti mavsum juda tez o'tib ketdi. David yuzlab vaziyatlarda MYU ni qutqarib qoldi va faqatgina birgina mavsumda o'rtacha har bir o'yinda bittadan ko'proq gol qo'yib yubordi xolos.
Bu mavsumda ECHLda jamoa "Sevilya"dan o'ta olmadi, ichki chempionatda esa "Siti"ga imkoniyat finishga hali ancha borligidayoq boy berib bo'lingandi. Avvalgi mavsumlarda ham MYU chempionlik uchun chinakamiga kurasha olmadi. Bu istaysizmi, yo'qmi, De Xeaning chempionlik ruhiyatiga qattiq tasir qiladi.
Qaxramon, ammo APLning birinchi jamoasining emas
Oxirgi besh yilda De Xea to'rt marta ser Mett Basbi nomidagi sovringa ega chiqdi – MYUning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi. SHunga qaramay, bor yo'g'i shu mavsumdagina posbonga "APL oltin qo'lqopi" nasib qildi - bu sovrin chempionatda eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonga topshiriladi.
Ha, sovrin egasini g'alatiroq usulda aniqlab olinishi bor gap. Sababi, "quruq" o'yinlar soni doim ham darvozabon kuchliligini bildirmaydi.
O'tgan mavsum u Kurtuaga topshirilgan, Jo Xart esa to'rt bor unga ega chiqqan. Ammo hozir Xart qaerda? CHindan u buyuk darvozabonmikin? Lekin bu safar sovrin manzilda adashmadi. Qizig'i, aynan bu vaziyatda biz posbon (David De Xeaga) kuchli himoyachilar ham katta yordam berdida, deya olmaymiz. Ammo shunda ham De Xea katta masshtabda etirofga loyiq ko'rilmayapti. Oddiy misol, Manu Noyer ko'proq tilga olinadimi, obro'liroqmi yoki ispaniyalik darvozabon? Axir De Xea ham o'yin borasida nemis hamkasbidan unchalik qolishmaydi.
De Xea biror marta ham katta shaxsiy sovrin yutmagan, sababi u faqat bir klub qaxramoni. Na jamoaviy yirik yutuqlar, na shaxsiy etirof... De Xeani etirof etishadi, ammo umumiyroq ko'rinishda. "Oltin qo'lqop"ni jamoaviy sovrin deyishdi, ammo CHexni ham "Arsenal"ning stabil o'yin ko'rsata olmaydigan himoyasi ham kamroq qiyin axvolda qoldirgan (26%ga), David esa MYU darvozasida superqaxramonlar kabi "uchish"ga majbur bo'lmoqda.
"Real"dan bir qadam masofada
Mourino jamoasi darajasi hozircha De Xea o'yini darajasidan past. "Manchester Yunayted" nima bo'lsa ham, yangi mavsumda "Manchester Siti" yoki "Liverpul"ga sovrin uchun kurashda imkoniyatni boy berishga haqqi yo'q. Va agarda David jamoa bilan shartnomasini uzaytirsa – Manchesterda bayram qilishlari kerak.
"Real"da Keylor Navasni tish tirnog'i bilan himoya qilayotgan va xatolariga qaramay, darvozabon muhim o'yinlarda katta foyda berayotganiga Peresni ishontirib kelgan Zidan ketdi. Endi vaziyat qanday tus oladi, hozircha hech kim bilmaydi.
De Xea MYUda qolishining yana bir varianti shuki, "Real" hujumga yaqinroqqa (Saloh, Keyn, Neymar yana kimdirlarni) xarid qilib, yana yuz millionlik darvozabonga puli etmasligi mumkin. Peres-ku De Xea uchun pul topib bera olar, ammo moliyaviy feyr-pley bunga yo'l qo'ymaydi.
Mavsumlar oralig'ida esa "Manchester Yunayted"ning asosiy vazifasi David De Xeani yo'qotmaslik bo'lishi zarur. Ispaniyalik darvozabon ajoyib mavsum o'tkazdi va MYU to'rtinchi yoki beshinchi o'ringa tushib ketmasligi uchun qo'lidan, bazan oyog'idan, kelgan barchasini qildi.
Jahonning eng kuchli posboni?
De Xea ser Aleksdan keyingi murabbiylar topilmasi emas – Fergyusonning "xayrlashuv sovg'asi"ligini esdan chiqarmaslik lozim. Bugungi kunda jamoa o'z posboni darajasidan past o'yin ko'rsatmoqda va bu nafaqat "Sevilya", VBA yoki "Brayton"ga yutqazgan kunlaridagina ko'rinmayapti. O'zingizni De Xeani o'rniga qo'yib ko'ring, astoydil mehnat qilishingizga qaramay, jamoangiz "Sevilya"ga, "Barselona" 5:0, "Spartak" esa 5:1 hisobida enggan "Sevilya"ga yutqazib o'tiribdi...
Albatta, David vafodor do'st kabi yangi shartnoma imzolab jamoada qolishi mumkin va yana jamoani qutqarishda davom etadi, lekin bu bilan MYU o'yini sifati borasidagi savollarga javob topsa bo'ladimi? "Vest Xem" "qizil iblislar"dan gol o'tkazmadi – APLning yo'q joydan gol o'tkazavergan eng kuchsiz himoyasi. Agar Ispaniya Rossiyadagi JCHda ijobiy natija qayd eta olmasa, Mourino esa "avtobus"dan voz kechmasa, davrozabon sekin-asta yo'q bo'lib ketishi mumkin. Axir u bugungi obro'siga faqatgina mehnati evaziga erishdi, jamoasi yutuqlari sababli emas.
Oblak – ajoyib golkiperligini bilamiz, Ederson va Alisson ham – top darajada o'yin ko'rsatyapti, Noyer – tirik afsona. Ammo bugungi kunda sayyoramizning eng yaxshi darvozaboni MYU darvozasida u burchakdan, bu burchakka "otilib" yuribdi. Kan, Buffon, Kasilyas va boshqa buyuk darvozabonlar turli frontlarda katta sovrinlarga ega chiqqan bo'lsada, David 27 yoshga to'ldi, ammo hamon Evro yoki JCH finalida o'ynamagan, ECHL hal qiluvchi bahsida maydonga tushish nasib etmagan.
Ispan ayniqsa bu mavsum APLda va jahonda qolganlar ichida ajralib turibdi. Endi Mour jamoasi David darajasiga etib olishi zarur, aks holda De Xea jamoani botqoqdan olib chiqaverishdan charchashi hech gap emas. De Xea sovrinlar, ECHLdagi omadli ishtiroklarni sog'inib, ketib qolishi hech gap emas va ushanda na yangi shartnoma, na Joze berib qo'ygan sardorlik bog'ichi ham vaziyatni o'zgartira olmaydi.
Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi
Fikrlar