So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Muzaffar Abdullaev: "Oldimizga qo'yilgan vazifa yana ham qiyinlashdi" Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: "Oldimizga qo'yilgan vazifa yana ham qiyinlashdi"

Bugun oliy liga 27-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z uyida Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin "So'g'diyona" klubi posboni Muzaffar Abdullaev o'z fiklarini bildirib o'tdi.

"Biz har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Boshqa jamoalarga qay darajada tayyorgarlik ko'rsak "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun ham xuddi shunday tayyorgarlik ko'rdik. Bundan avvalgi turda "SHo'rtan" jamoasiga qarshi bahs olib bordik va mag'lubiyatga uchradik. Ushbu o'yindan so'ng, O'FF tomonidan yangi qaror haqida elon qildi. Ushbu xabardan so'ng jamoadoshlarim bilan "shok" holatiga tushib qoldim. Hozir biz oliy ligada qolish uchun kurash olib boryapmiz. Endi oldimizga qo'yilgan vazifa yana ham qiyinlashdi. Ayni damda oliy ligada qolish uchun bizda imkoniyat bor. Oldinda turgan 4ta uchrashuvda o'zimizga kerak bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritishimiz shart. 

Hozir barcha etiborni "So'g'diyona" jamoasiga qaratganman. Ushbu jamoani oliy ligada olib qolish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Kelasi yili qaysi jamoa sharafini himoya qilishimni vaqt ko'rsatadi. Hozircha bu haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Bugungi raqibimiz "Paxtakor" jamoasiga keladigan bo'lsam, "sherlar" kuchli jamoa. Har bir chizig'ida yaxshi futbolchilar to'p tepadi. Xavfli futbolchilari Marko Simich va Tiago Bezerra. Futbolda muxlislar o'n ikkinchi o'yinchi hisoblanadi. Nasib qilsa muxlislarimiz ko'z o'ngida "Paxtakor"ni mag'lub etamiz va g'alabani muxlislarimizga taqdim etamiz", - deydi "So'g'diyona" darvozaboni Muzaffar Abdullaev



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика