So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  13 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  10 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Muxtor Qurbonov: "Andijonga g'alaba qozonish maqsadida kelgandik" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Andijonga g'alaba qozonish maqsadida kelgandik"

"Andijon" va "SHo'rtan" (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov ishtirok etdi.
- Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi deb o'ylayman. CHunki ikkala jamoa ham ochiq va hujumkor o'yin namoyish etdi. Gol urishimiz uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Ammo bu imkoniyatlardan foydalana olmadik. Natijada uchrashuv jangovor durang bilan yakunlandi. Garchi safarda durangga erishgan bo'lsak-da, natijadan qoniqqanim yo'q. Boisi Andijonga g'alaba qozonish maqsadida kelgandik.

Afsuski, yuta olmadik. O'yindan qaysidir manoda qoniqish hosil qilgan bo'lsam-da, vaziyatlardan foydalana olmaganimiz ranjitdi. So'nggi paytlarda golli vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. “Nasaf” va undan avval “Paxtakor” bilan bo'lgan uchrashuvlarda ham gol urishimiz uchun imkoniyatlar bo'ldi. Bir tarafdan, jamoamizda har bir o'yinda golli vaziyatlar bo'layotgani meni xursand qilmoqda.

 -Taran bugun ko'p yugurgani bois charchab qolganini sezdim. Har bir murabbiy o'yinda yangi kuchlarni tushirib burilish yasagisi keladi. Men ham Klishinni maydonga tushirib o'yinni kuchaytirishni o'ylagandik. CHunki Viktor o'tgan turda “Nasaf” bilan o'yinda yaxshi harakat qilgandi. SHu sababli Taranni Klishinga almashtirgandim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика