So’nggi yangiliklar

08:26Коло-Муани "Арсенал"га кўчиб ўтиши мумкин  0 08:04Кариус келажаги ҳақида: "Мен фаолиятимни якунламадим, футбол ўйнашни истайман"  1 07:33Пети Мбаппенинг ўйинидаги пасайиш сабабини айтди  3 03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  7 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  12 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  1 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  3 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  4 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:56Европа лигаси. "Атлетик", "Лион", "Лацио" бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0

Tahlil. Muxlislar effekti, jamoaviy harakatlar uyg'unligi va samarali selekciya - o'zgarayotgan "Andijon" haqida Yangiliklar

Tahlil. Muxlislar effekti, jamoaviy harakatlar uyg'unligi va samarali selekciya - o'zgarayotgan "Andijon" haqida

Teglar :  Andijon Superliga
Superliganing bunday startini hech kim kutmagan bo'lsa kerak.

CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar bir chetda qolib o'rtamiyonalar boshdan baland sakramoqda. Turnir jadvalidagi birinchi o'rinda kim turganiga qarang? 5 ta turdan so'ng "burgutlar" cho'qqining uchiga chiqib olishdi. Avval ham Andijonda ikki liga orasida xuddi lift kabi chiqib tushib yuradigan jamoa bor edi.   Ambiciyalariga ega bo'lmagan, bir yilda ikki marotaba tarkib, 3 ta murabbiy almashtiradigan jamoani bilamiz. Lekin biz hikoya qilayotgan "Andijon" umuman boshqa klub.

Barqaror moliyalashtirish muvaffaqiyatlar kaliti

Avvalgi yillarda klub moliyaviy tomonlama qanchalik qiynalganidan xabaringiz bor. SHunday vaqtlar bo'lganki, "Andijon" safar uchrashuvlarida yashash uchun mehmonxonalardan qarz bo'lib yurgan. Legionerlardan qolgan "meros"lar qiynab kelgan. Dastlab Juratbek Quvvatov bu borada ilk qadamlarni tashlagan bo'lsa, keyinchalik klubni "O'zavtosanoat" qaramog'iga oldi. Futbolda jamoaning kelajagi, buguni, selekciyasi, natijalari barchasi moliyalashtirishga borib taqaladi. Ulug'bek Ro'ziqulov rahbarligidagi "O'zavtosanoat" endilikda "Andijon"ni barqaror ravishda taminlab kelmoqda. Bugungi kunga kelib klubning hech kimdan qarzi qolmagan. Mazkur omil OFK licenziyalashida muhim ahamiyat kasb etadi. So'nggi oylarda klub Turkiyadagi yig'in qarzlari, SHaxrom Samievning avvalgi klubi "Milsami"ga transfer summalari barchasi o'tkazib berilgan. Aynan "burgutlar"ning baland parvozida birinchi galda aniq homiyga ega bo'lganini va moliyalashtirish tizmli ravishda olib borilayotganini sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Fikrimcha, "Andijon" bu masalada oldinda borayotgan vodiydagi yagona klub hisoblanadi. Umuman bu ijobiy o'zgarishlar Ulug'bek Mirzaev direktorligi davrida boshlangan bo'lsa, enidilikda Elbek Samatov boshchiligida davom etmoqda. 

Muxlislar effekti

O'zbek futbolining qaynaydigan nuqtasi vodiyda joylashgan. "Navbahor" va "Neftchi" muxlislariga hurmat saqlagan holda aytamizki, performanslar va ajoyib atmosfera yaratishda "Andijon" muxlislari har bir o'yinda yangiliklar yaratmoqda. Futbol bo'lgan kuni "Andijon"da bayram. Yutgan kuni esa ikki karra bayram. Ularning qo'llab-quvvatlashi fonida yugurmayotgan futbolchi ham oxirgi daqiqada gol urib keta oladi. Muxlislar shunga majbur qiladigan kuchga ega. Tomoshabinlar tashrifiga oid qiziqarli fakt shuki, bu yilgi rekord aynan "Andijon"ga tegishli bo'lib turibdi. Xususan, "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvini 14 861 kishi stadiondan kuzatgan. 2-turdagi "Bunyodkor"ga qarshi bahsga 10 140 nafar muxlis qadam ranjida qilgan. Ikkinchi turda faqat "Navbahor" yaxshiroq ko'rsatkichga ega bo'ldi, 10 362 tomoshabin. 

To'g'ri selekciya. Jamoaviy harakatlar uyg'unligi va yoshlarga etibor

Rubin Xebayning "Andijon"ni tark etishi havotirlarni yuzaga keltirgani aniq. Lekin Xomyakov va rahbariyat selekciya jarayonida ularning o'rnini munosib to'ldira oldi. "Metallurg"da yo'qolib qolgan Bektemir Abdumannonov 5 ta turda 5 ta assist qayd etdi. SHahrom Samiev 3 ta bahsda maydonga tushdi va 2 ta to'p kiritdi. Luka Zgurskiy ham gollari hisobini ochib oldi. Islom Mamatkazin hozircha asosiy kashfiyot futbolchi bo'lib turibdi. Kichik Mamatkazin Ildarning o'rnini bilintirilgani yo'q. 5 ta bahsda u raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Dastlabki 5 ta turda "burgutlar" umumiy hisobda 11 ta gol urdi. O'tgan yilgi bilan solishtirganda katta o'sish hisoblanadi. 2023 yilning 5 ta bellashuvida jamoa bor yo'g'i 2 bor darvozaga yo'l topa olgan, 3 mag'lubiyat, 2 g'alaba, 6 ochko to'plagan holda 9-o'rinda ketayotgandi. Bundan tashqari klub tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish jarayonida ularning kelajakda ham foyda keltira olishini hisobga olyapti. Masalan, Maksim Sarraf va Luka Zgurski 2005 yilda tug'ilgan bo'lib, CSKA jamoasidan jalb qilindi. 

Barham berilayotgan seriya va ananalar 

— "Burgutlar" 16 yildan so'ng "temiryo'lchilar"ni mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqdi. Jamoa bu ishni so'nggi marotaba 2007 yil bajargandi. O'shanda Doniyor Hamidullaevning yagona goli g'alabaga sababchi bo'lgan. 

— Jamoa 2-turda o'z maydonida "Bunyodkor"ni enggandi. Bu ularning "qaldirg'ochlar" ustidan qo'lga kiritgan birinchi g'alabasi edi. O'sha kuni Aleksandr Xomyakov shogirdlari tarixda ilk bor "Bunyodkor"ga 3 tadan ko'p gol urdi.

— Andijonliklar 3-turda Toshkentda "Surxon" mehmoni  bo'ldi. Bu oqshomda jamoa raqibi darvozasiga 3 ta gol urdi. Mazkur hodisa so'nggi marotaba 2001 yilgi mavsumda ro'y bergan edi. Aniqroq qilib aytganda "burgutlar" 23 yildan so'ng safarda termizliklar darvozasiga 2 tadan oshiq to'p kiritdi. 


Xo'sh, "burgutlar"ning parvozi yana qancha tur davom etadi? Maqolani Aleksandr Xomyakovning fikrlari bilan tugataman:

"G'alabalarga erishayapmiz, hozir endigina 5-tur. Oldinda uzoq mavsum bor. Barcha jihatlarni hisobga olamiz. Jamoa tarkibida sifatli o'yin namoyish etadigan futbolchilar bor. Biz o'yinlar davomida kuchayib borishimiz kerak. Hozir chempionat yakuni haqida oldindan biron fikr aytib bo'lmaydi. Ishlashda davom etishimiz zarur",- deydi Xomyakov. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика