So’nggi yangiliklar

19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 19:15Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:0 (матнли транлсяция)  16 19:00Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" 5:0 (матнли трансляция)  66 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  8 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  14 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  52 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4

Muxlislar Arveladzeni "Trabzonspor"ga chorlayapti Yangiliklar

Muxlislar Arveladzeni "Trabzonspor"ga chorlayapti

Toshkentning "Paxtakor" klubini boshqarayotgan SHota Arveladze yurtimizdagi boshqa hamkasblaridan ijtimoiy tarmoqlarda juda faolligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda yurtimiz futboli ishqibozlari va mutaxassislar orasida SHota Yustinovichni "Paxtakor" darajasidagi murabbiy emas, deydiganlar etarlicha topiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda gruziyalik mutaxassis haqida yoziladigan izohlarni o'qib, turk ishqibozlari SHotani o'zgacha qadrlashiga guvoh bo'lasiz. Arveladze bir necha daqiqa avval o'zining Twitter'dagi sahifasiga Muborakning "Mashal" klubi mag'lub etilgani to'g'risida yozib qoldirdi. Eng qizig'i, izoh yozganlar orasida na gruzinlar, na o'zbeklar bor — barchasi turklar.  

SHotaning muxlis-u muxlisalari undan tezroq "Trabzonspor"ga qaytishni va jamoani chempion qilishni so'rashmoqda. Umuman olganda, turk ishqibozlari tomonidan bu shakldagi iltimos va o'tinchlar Arveladze manziligi doimiy ravishda yo'llab turiladi. U "Trabzonspor"da futbolchi sifatida 1993-1997 yillarda to'p tepgan. Mazkur jamoada 2015 yilning iyul-noyabr oylarida murabbiy sifatida ishlagan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, mutaxassisning "Paxtakor" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning oxiriga qadar mo'ljallangan. SHundan keyin Arveladze Turkiyaga qaytib, "qoradengiz bo'ronlari"ni boshqarishi mumkin. Yoki aksincha...

Qadrli muxlis, siz bu borada qanday fikrdasiz? Gruziyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatiga qanday baho berasiz?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика