So’nggi yangiliklar

16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  0 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  4 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  2 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  5 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  5 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  2 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  4

Mutolaa uchun. "Barselona" yangi mojaroda. Klub hakamlar xo'jayiniga katta miqdorda pul o'tkazgan Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Barselona" yangi mojaroda. Klub hakamlar xo'jayiniga katta miqdorda pul o'tkazgan

MYU bilan o'yin oldidan shubhali voqea.

"Barselona" so'nggi yillar muntazam ravishda mojarolar markazida qolmoqda. Bir qarasa klub prezidenti o'z futbolchilarini qoralash uchun PR-firmani yollaydi, bir qarasa kelajakdagi moliyalash uchun qurbon qilinadigan ko'plab o'yinchilar sotib olishadi, bir qarasa esa himoyachi Pike va La Liga prezidenti Tebasning sirli muzokaralari malum bo'ladi.

Qaysidir manoda yangi mojaro unchalik ham hayron qoldirmaydi. Garchi bu klub tarixi uchun yoqimsiz bo'lsa ham.


Bu safar nima bo'ldi?

"Barselona" Ispaniya qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo'mitasi vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pul to'ladi deb yozmoqda Marca SER Catalunya (muhim radio)dagi Qué t'hi jugues efiriga tayanib.



Prokuratura tergoviga ko'ra, "Barsa" 2016 yildan 2018 yilgacha hakamlar qo'mitasining sobiq rahbariga tegishli bo'lgan DASNIL 95 kompaniyasiga 1,4 million evro to'lagan. Xabarga ko'ra, "Barselona" 2016 yilda € 532 ming, 2017 yilda € 541 ming va 2018 yilda € 318 ming to'lagan. Enrikes Negreyra va uning o'g'li prokuraturaga ko'rsatma berishdi.

Texnik hakamlar qo'mitasining sobiq vice-prezidenti "Barselona"ga hakamlarning jamoaga munosabatini yaxshilashga hech qachon yordam bermaganini aytgan. U hisobni taqdim etmagan to'lovlar konsalting ishi bo'lib, u o'yinchilarga hakamlar bilan uchrashuvlarda o'zlarini qanday tutishlari kerakligini tushuntirishdan iborat bo'lgan. U shuningdek o'yin hakami kim bo'lishiga qarab, nima qilishlari yoki qila olmasliklari haqida maslahat bergan. SHu bilan birga, Negreyra "Barselona"ga xizmat ko'rsatganini tasdiqlovchi hech qanday hujjat taqdim etmagani aytilmoqda.


Klub tezda munosabat bildirdi

"Barselona" deyarli shu zahotiyoq rasmiy saytida bayonot bilan chiqdi. U besh banddan iborat.



"Bugun OAVda paydo paydo bo'lgan malumotni inobatga olgan holda, "Barselona" FK prokuraturaning tashqi kompaniyalarga qilingan to'lovlar bo'yicha tekshiruvi haqida bilgan holda, aniqlik kiritmoqchi:

1. "Barselona" avvalroq klub texnik kotibiyatiga video formatda ispaniyalik yosh futbolchilar haqida texnik hisobotlarni taqdim etgan tashqi texnik maslahatchi xizmatidan foydalangan.

2. Bundan tashqari, tashqari provayder bilan aloqalar birinchi va zaxira jamoasi murabbiylar shtabi uchun kerak bo'lgan professional hakamlik bilan bog'liq texnik hisobotlar bilan kengaytirildi. Bu professional futbol klublaridagi odatiy hol.

3. Ayni paytda ushbu turdagi autsorsing xizmatini klubimiz futbol bo'limiga biriktirilgan mutaxassis ko'rsatmoqda.



4. "Barselona" FK ushbu malumot joriy mavsumni avj pallasida chiqqanidan afsusda.

5. "Barselona" FK tarqalishi mumkin bo'lgan ig'volar bilan klub obro'siga putur etkazishi mumkin bo'lgan har kimga qarshi qonuniy choralar ko'radi", – deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.

Qizig'i, klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu ham mojaroli malumotlarni inkor etmadi va bunday amaliyot klubda 2003 yilgacha bo'lganini tasdiqladi.


SHubhali pul o'tkazmalari haqida hatto Xavi ham javob berishiga to'g'ri keldi

Bundan tashqari, jurnalistlar ushbu masalada MYU bilan o'yinga bir kun qolganda matbuot anjumanida qatnashgan "Barselona" murabbiyidan ham so'rashdi.



"Futbolga etibor qaratishga harakat qilyapman, ammo "Barselona" shunday vaziyatga tushib qoldi. Klub allaqachon bayonot berdi. Bu eshittirildi va shu poziciya tarafidaman. Bundan tashqari, ushbu yillarda men bu erda yo'q edim. Ammo, men klubimizni himoya qilaman, boshqa ortiqcha hech narsa emas.

Biz kim boshqarini kutgan holda, u biz bilan aloqa qiladimi yoki yo'q deya har doim hakamlarni tahlil qilamiz... Bu ish ancha yillardan beri jamoa ichida ro'y berib keladi. Bunda yangi narsa yo'q".


→ "Barselona" hakamlar qo'mitasi vice-prezidentiga pul o'tkazib bergani uchun LaLigadan chetlatilishi mumkin


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика