So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

Mutolaa uchun. 30 yoshda murabbiyga aylangan, qirg'iz futboli tarixiga kirgan, Blatter, Erdo'g'an bilan bir qatorda ko'rilgan Aleksandr Krestinin "Bunyodkor"ga mos murabbiymi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. 30 yoshda murabbiyga aylangan, qirg'iz futboli tarixiga kirgan, Blatter, Erdo'g'an bilan bir qatorda ko'rilgan Aleksandr Krestinin "Bunyodkor"ga mos murabbiymi?

Kuni kecha "Bunyodkor" jamoasiga Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi sobiq ustozi Aleksandr Krestinin bosh murabbiy bo'lishi haqida xabar chiqdi.

Aleksandr Krestinin Toshkentning "Bunyodkor" klubini boshqaradi

So'nggi yillarda beqarorlik girdobiga tushib qolgan, bora-bora chempionatdagi sovrindorlar xaritasida o'z o'rnini yo'qotib borayotgan jamoa tom manoda yangi qonga, g'oliblik ruhiyatini olib kira oladigan, yangicha qarashlarini singdiradigan murabbiyga ehtiyoj sezayotgan edi. Ivan Boshkovich nisbatan shunga yaqinroqdek edi-ku, lekin ishini oxirigacha etkaza olmadi. Mayli, bu tarix. Xo'sh, Krestinin "Bunyodkor"ni qutqara oladimi? Allaqachon yoshlar bilan ishlashga o'tgan tizmda o'zini qay darajada ko'rsatishi mumkin? Bu borada quyida batafsil fikrlashamiz. 

16 yoshida faoliyati o'zgarib ketishi mumkin edi

Aleksandr Krestinin 1978 yil 19 sentyabr kuni Rossiyaning Krasnodar viloyatida tug'ilgan. Futbolga bolaligidan mehr qo'ygan qahramonimiz birinchi sinfdan millionlar o'yini to'garagiga qatnaydi. Dastlab Krasnordardagi ixtisoslashtirilgan bolalar sport maktabi murabbiylari etiboriga tushgan. 

"Men futbol bilan o'zim tug'ilib o'sgan Krasnodarda shug'ullanishni boshlaganman. 7 yoshimda buvim meni futbolga olib borgan. 15 yoshimda esa Rossiya o'smirlar terma jamoasi azosiga aylandim va Evropa chempionati saralash o'yinlarida maydonga tushdim",- deydi murabbiy. 

1995-1996 yillar oralig'ida "Krasnodar Kolos" uning faoliyatidagi ilk jamoa vazifasini o'tagan. Bu pallada 16 yoshda faoliyatida burilish bo'lishi mumkin edi. Krestinin bu voqeani shunday eslaydi.

"Birinchi professional shartnomamni ham ancha erta tuzganman. 15 yoshimda Krasnodardagi "Kolos" klubi futbolchisiga aylandim, hali maktabda o'qirdim. SHartnoma tuzganimdan bir oy o'tib Belgiyaning "Bryugge" klubidan taklif tushdi. O'shanda Rossiya terma jamoasida taniqli futbol agenti Konstantin Sarsaniya ham ishlardi, biroq klub meni chetga qo'yib yubormadi. Men katta klublarda o'ynamadim. Buni esa agentlar bilan ishlamaganimda ,deb bilaman. U paytlari davr boshqacha edi, tanish-bilish katta rol o'ynardi. Umuman men o'rtamiyona futbolchi bo'lganman, tezligim ham yuqori emasdi",- deydi Krestinin



Keyngi mavsumda u "Rostselmash-2" safida to'p tepadi, biroq jarohat sabab maydonga tushmaydi. 1999 yil omadli keldi, deya olamiz. O'sha yili Krestinin "Kuban" safida deyarli barcha o'yinlarda maydonga tushdi. 2000 yilgi mavsumni bo'lajak murabbiy  "Krasnoznamensk" libosida o'tkazdi. Ko'p ham uydan uzoqlashishni istamasdi, shu bois jamoasini ko'p almashtirish har doim ham maqul kelmagan. 2001 yilda "Gazovik", 2002 yilni Qozog'istonning "Kaspiy", 2004 yilni "Ximik" jamoalarida o'tkazdi. Keyingi yillarla "Yassi Sayram", "Nara-Desna", "Spartak", "Smena", "Metallurg" (Krasnoyarsk) klublari sharafini himoya qildi. 


Qirg'iz Respublikasiga kelish tarixi 

2010 yilda Aleksandr Sergeevich bu mamlakatga futbolchi sifatida kelgandi. Qo'chqor-Otaning "Neftchi" klubiga o'tgan murabbiy shunday xotirlaydi

"Qirg'izistonga uchib keldim. O'sh viloyatidan 160 kilometr yo'l bosib, 30 yil avval shaharga aylangan, 17 ming aholi yashaydigan Ko'chqor-Otaga etib keldim. Ikki kundan keyin narsalarimni yig'ishtirib uyga ketdim. Tabiatni tariflab bo'lmaydi. Lekin sharoit dahshatli. Tashlab ketilgan dispanser, qishda istish va issiq suv yo'q. Barchasini o'rganib chiqib jamoa rahbari Meder Sidiqovning oldiga borib ketishim haqida xabar berdim. Bu paytga kelib bir yil oldin jarohat olganimda "S" murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgandim. Birdan mendan so'radi: "Sizda licenziya bor. Balki o'ynovchi murabbiy sifatida urinib ko'rarsiz? Sizni qo'llab-quvvatlayman. Taklifni rad etmassiz?"- deydi Krestinin. 

Murabbiylik taklifini qabul qilgan qahramonimiz "Neftchi"ni mamlakat chempionatida klub tarixidagi ilk chempionga aylantirdi. 

"Neftchi"da o'tkazgan yillarim g'alati bo'lgan. Birinchidan, murabbiylik debyutim va birdaniga Premer liga jamoasida. Rahbariyat oldimga hali tajribam nol ekanini ham inobatga olmay chempionlik vazifasini qo'ydi. SHu bois ishlash juda qiziqarli bo'lgan. Murabbiylik sohasida nimalarnidir bilardim-u, lekin baribir amaliyot yo'q edi",- deydi Krestinin. 


2011 yilda unga terma jamoani boshqarish taklif qilingan, ammo shartnoma shartlari tufayli rad javobini bergan, bu jamoa manfaati uchun qilingan edi. Keyin esa ikki yil davomida Krasnodar o'lkasidagi Rossiya davlat akademiyasida metodik ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.  2014 yilda esa Qirg'iziston terma jamoasida ish boshladi. "Mamlakatning bosh jamoasini boshqarish mumkinligi etti uxlab tushingga kirmaydi. Mayli, qaysidir jamoadan taklif tushsa buni mantiqan qabul qilasiz. Men Qirziziston terma jamoasidan taklif kutayotgandim desam hammani aldagan bo'laman. Lekin shunday taklif tushganida uyda o'tirib uzoq o'yladim",- degan edi rossiyalik mutaxassis. 

Krestininning kelishigacha qo'shnilarimiz FIFA reytingida 201-o'rinni egallab turgandi. Murabbiy qo'l ostida terma jamoa oktyabr oyida 99-o'ringacha ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan. 2023 yil u ketayotgan pallada 97-o'rinda edi.  Bu terma jamoaning qay darajada o'sishga erishganidan dalolat beradi.


Orada parallel ravishda 2017-2021 yilda "Dordoy"ni boshqardi. Odatda ikkita ishni birga olib borish tanqidiy ruhda qabul qilinadi. Rossiyalik mutaxassis buni shunday izohlagan.

"Bizda "Dordoy" terma jamoaning bazasi bo'lib xizmat qiladi. Terma jamoaning o'yinini shakllantirish va nomzodlarning holatini bilish uchun "Dordoy"da ishlashimni yomon tomonini ko'rmayapman. Mazkur klubni qabul qilib olganimdan so'ng futbolchilarimning faolligi, hujumdagi tezkorligi oshdi. Ikki joyda ishlash menga xalaqit bermaydi. Men Qirg'iziston terma jamoasini boshqara turib, boshqa jamoaga murabbiylik qilmasdim. "Dordoy"ni terma jamoaga baza bo'lgani uchun qabul qilib olganman",- deydi Krestinin. 


Qitadagi muvaffaqiyat sari 

Krestininning kelguniga qadar, Qirg'iziston terma jamoasi Qozog'iston futbolchilariga 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Oradan ikki yil o'tib, Aleksandr qo'l ostidagi qirg'izlar qo'shnilardan revansh olishga muvaffaq bo'ldilar - 2:0. 

Qirg'iziston terma jamoasi yaqin yillarga qadar Osiyo qitasida autsayderlardan biri bo'lib kelgan. O'z tarixida hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmagan, Osiyo Kubogidagi debyut esa 2019 yil amalga oshirildi. Krestinin mamlakat terma jamoasini ilk bor qita kubogiga olib chiqdi. O'sha yili yanvar oyida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Qirg'iziston Janubiy Koreya, Xitoy va Filippin bilan birga “S” guruhidan joy oldi. Marchello Lippi boshchiligidagi Xitoy hamda Osiyoning grandlaridan biri hisoblangan Janubiy Koreyaga qarshi bahslarda munosib harakat qilgan qirg'izlar imkoniyatni boy berib qo'yishdi. So'nggi turda Filippinni mag'lub etgan Krestinin shogirdlari g'alaba qozonib, uchinchi o'rinni egallab keyingi bosqchiga chiqishga muvaffaq bo'lishgan. 1/8 finalda musobaqa mezboni BAA bilan o'tgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etilgan va arablar faqat qo'shimcha taymlardagi gol evaziga Qirg'izistonni mag'lub etishgandi.

"Mamlakatda bizni xuddi biz Osiyo Kubogini yutgandek kutib olishdi. Musobaqadan oldin oldimizga Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi tengma-teng kurashish vazifasi qo'yilgandi. Butun mamlakat bizga muxlislik qildi.  Har bir g'alabadan qanchalik xursand, mag'lubiyatdan shunchalik xafa bo'ldik. Eng muhimi, Qirg'izistonda futbol borligini barchaga ko'rsata oldik. Bu xuddi Rossiya terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini eslatib yubordi. Qirg'izlar o'z milliy terma jamoalari bilan faxrlanishadi",- deydi rossiyalik mutaxassis. 

Haqiqatan ham debyut ishtirokda qitaning nomdor termalariga munosib qarshilik ko'rsatish, guruhdan chiqishni uddalagan Aleksandr Krestinin munosib taqdirlangan. 

"Bizni shaxsan mamlakat prezidenti qabul qildi. Yigitlarga ism-familiyasi tushirilgan soat sovg'a qilishdi. Menga hukumatning eng yuqori mukofotini berishdi, yani "Danaker". Bunday mukofotga loyiq insonlardan Sergey Lavrov, Dmitriy Medvedev, Yozef Blatter, Sergey SHoygu, Rejeb Erdo'g'an kabilar bor. SHunday buyuk insonlar bilan bir qatorda bo'lishning o'zi baxt",- deydi murabbiy. 


"Bunyodkor"ga mos murabbiymi?

Hozirgi kunda "qaldirg'ochlar"ga natija keltira oladigan, yangicha qon olib kiradigan, qatiy principlariga, nazoratni qo'lga oladigan, o'z vazniga ega ega mutaxassis zarur. Krestinin boshqargan jamoalar na himoyaviy, na hujumkor jamoa sifatida bilamiz. U qo'l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlaridan foydalangan holda o'yin uslubini tuzib chiqadi. Bundan bilish mumkinki, "Bunyodkor"ni o'zi bilgan uslubda emas, futbolchilarning kuchli taraflari, imkoniyatidan foydalangan holda jamoa tuzadi. 

Uning yoshlar bilan ishlashi haqida yana gapiradigan bo'lsak, Aleksandr yoshlar jamoalarining yig'inlarini, ular ishtirokidagi musobaqalarni kuzatib borar va o'sha erdan milliy terma jamoaga futbolchi chaqirishdan qo'rqmasdi. Aynan uning qo'l ostida Qirg'iziston milliy terma jamoasida 19 yoshli futbolchilar to'p tepa boshlashdi. Deylik, 2000 yilda tug'ilgan Guljigit Alikulov 2019 yil 11 iyun kuni 18 yoshida Falastinga qarshi o'yinda debyut qilgan. Murabbiy o'z intervyularida futbolchining yoshiga qaramasligini ko'p bor aytadi. "Bunyodkor"da u o'rinbosarlar, yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilishda muammoga duch kelmaydi, deb o'ylayman. Bu erda yana bir muhim faktor murabbiydagi katta tajriba. 

"Men istalgan takliflar uchun ochiqman. Muzokaralar o'tkazishni hech kim bekor qilmagan. To'g'ri, murabbiylik faoliyatimdagi malum talablarim mavjud. Lekin gaplashib ko'rish mumkin. Muammo yo'q. Muhimi, istak va xohish. Nega endi yo'q? bu normal holat. Taklif bo'lgani yaxshi, lekin bu har ikkala tarafni ham qiziqtirishi va ikki tomonlama maqul kelishi muhim. CHunki har qanday murabbiy doim yuqoriga intilishga harakat qiladi. Yangi vazifa va chorlovlarni qabul qilishni yoqtiraman. Lekin vazifam hozirgidan ko'ra qiyinroq va marra kattaroq bo'lishi lozim",- degan edi Krestinin 2019 yil saytimizga bergan intervyusida. 

Jamoa hozirda turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Demak, mavsumni yaxshi o'rinlarda yakunlash imkoniyati hali yo'qotilmagan. Bu orada klub Krestininga qanday sharoitlarni yaratib berishi, tarkibni kuchaytirish masalasi va murabbiy bilan necha yillik shartnoma imzolashi asosiy planga chiqadi. Xorijlik murabbiyning talablari tabiiyki o'zimizning murabbiylarnikidan farq qiladi, talab qila oladi, kerakli narsani so'raydi. Ko'ramiz, Aleksandr Krestinin "qaldirg'och"larni qayta parvozga tayyorlay olarmikan? Yana bir qulay tarafi shuki, rossiyalik murabbiy uchun o'zbek futboli notanish hisoblanmaydi. U doim chempionatimizni, jamoalarni kuzatib boradi. Futbolchilarning potencialini biladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика