So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  12 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  123

Mutaxassis fikri: "Nasaf"ga Namanganda oson bo'lmaydi. Samarqandda "Paxtakor" favorit" Yangiliklar

Mutaxassis fikri: "Nasaf"ga Namanganda oson bo'lmaydi. Samarqandda "Paxtakor" favorit"

Bugun Superligada 3ta uchrashuv bor.

Toshkentda "Bunyodkor" - "So'g'diyona", Samarqandda "Dinamo" - "Paxtakor", Namanganda "Navbahor" - "Nasaf" bugun o'zaro kuch sinashadi. SHubhasiz markaziy o'yin Samvel Babayan va Ro'ziqul Berdiev shogirdlari o'rtasida kechadi. Ushbu o'yinlar avvalida mutaxassis fikri ruknimizda sobiq futbolchi, murabbiy SHuhrat Rahmonqulovning taxminlari va mulohazalarini tingladik. 

Navbahor

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

Nasaf

45'
90'
45'  Boyan Siger (Nurillo To'xtasinov)
62'  Davron Hoshimov
63'  Islom Kenzhaboev (Asadbek Sobirzhonov)
63'  Elguzha Grigalashvili (Zoran Marushich)
62'  SHerzod Nasrullaev
63'  Husniddin Aliqulov
63'  Bahrom Abdurahimov (Ivan Solovyov)
63'  SHahzod Akramov (Sukhrob Nurulloyev)
84'  Husayin Norchaev (Semir Smaylagich)
84'  Umidzhon Ergashev
90'  SHerzod Nasrullaev (Alibek Davronov)

 - Xudo xohlasa qiziqarli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. "Nasaf" har doim oldiga sovrinli o'rinlarga ega chiqish maqsadini qo'yadi. O'tgan yili O'zbekiston kubogida g'olib chiqdi. Jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Jamoa har doim o'zidan yaxshi taassurot qoldirib kelgan. Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida akademiya tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Lekin ularga bugun Namanganda oson bo'lmasligi aniq. "Navbahor" ham qishda tarkibini yaxshilab oldi. Samvel Babayan qaerda ishlamasin doim yaxshi natija uchun harakat qiladi. Jamoasini yuqori o'rinlarga olib chiqishga urinadi. Juda jangovar tarkib yig'ilgan.  Ikkinchidan stadiondagi muxlislar haqiqiy 12 o'yinchi bo'lishadi. Boshqa tomondan jamoada o'yin sifati qanday yo'lga qo'yilgani qiziq. Imkoniyatlar, o'ylashimcha "Navbahor" g'alaba qozonsa kerak. Bunda asosiy faktor muxlislar. 

Bunyodkor

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
30'  Avazbek O'lmasaliev
33'  Mahmud Mahamadzhonov
82'  Rasul Yo'ldoshev (Umidbek Sultonov)
46'  Bobur Farhodov (Ayubxon Nomanov)
57'  Jasur Hasanov O (Marat Bikmayev)

 - "Bunyodkor" ham "Nasaf" singari o'z tarbiyalanuvchilariga tayanmoqda. "So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev boshchiligida o'tgan yilgi natijani yaxshilash uchun astoydil kurashadi. Qaysidir manoda bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytishi mumkin. Tarkibni o'zagini saqlab qoldi va yana kuchaytirdi. SHaxsan men har bir o'yin muxlislar ko'radigan va tomoshabop o'tishini, undan zavq olishimizni istayman. 

Dinamo

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

2
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 31', Xojimat Erkinov - 34'

45'
90'
40'  Evgeniy CHumak
64'  Islom Sharipov (Saidullo Rahmatov)
64'  Oybek Nurmatov (Fahriddin Alimov)
67'  Shokir Yo'ldoshev (To'lqin Ergashev)
67'  Evgeniy CHumak (Abduzhamol Isroilov)
77'  Aleksandar Glishich (Sahob Rashidov)
31'  Dragan CHeran
34'  Xojimat Erkinov
34'  Ikrom Aliboyev
71'  Sardor Sobirxo’jayev (Mirzhahon Mirahmadov)
71'  Xojimat Erkinov (Diyor Xolmatov)
76'  ZHasur YOqubov
86'  Azizbek Turg’unboyev (Oliver Sharkich)

- "Dinamo"ning Superligaga qaytishi mahalliy ishqibozlarni quvontirgani bor gap. Ular o'z maydonlarida o'ynashadi. Fikrimcha, "Paxtakor" amaldagi chempion, Superkubok sohibi sifatida favorit. Bu bilan samarqandliklarni kuchsiz, demoqchi emasman. Ular ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdi, xorijda yig'inlar olib bordi. Tarkibida legionerlar bor. Lekin real olib qaraganda ustunlik "Paxtakor" tomonida. Bu - futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Jamoalarimizdan shiddatli va stadionga kelgan muxlislarni zeriktirmaydigan futbol kutib qolaman. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi




Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика