So’nggi yangiliklar

03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  0 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0 02:54Англия лига кубоги. "Ман Сити", "Арсенал", "Ньюкасл" ва "Челси" кейинги босқичда, "Ливерпуль" эса ўз уйида йирик мағлубият қабул қилиб олди  7 02:40Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лорьян"ни мағлуб этолмади  0 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  9 23:07Камолиддин Тожиев: "Ҳозир энг бахтли инсонман"  47 22:53"Алё, реф!" финалдаги баҳсли эпизодларни таҳлил қилди   41 22:44Александр Хомяков: "Футболда ҳар доим ютавермайсиз. Менимча, офсайд йўқ эди, лекин мен эксперт эмасман"  26 21:50Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди  92 21:20"Лион" Эндрикни январда ижарага олмоқчи. "Реал" форварди бу вариантни идеал деб ҳисобламоқда  3 20:43"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  671 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  29 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  30 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  11

Murtozaev va Goran golni nishonlashdagi nojoiz harakatlari uchun jarimaga tortildi Yangiliklar

Murtozaev va Goran golni nishonlashdagi nojoiz harakatlari uchun jarimaga tortildi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

“Neftchi” — “Paxtakor”

O'zbekiston Superligasining 15-turidan o'rin olgan “Neftchi” — “Paxtakor” bahsida mezbonlar vakili Sunnatillo Abdujalolov raqib o'yinchisining boldir mushagiga oyog'ining tag qismi bilan kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sunnatillo Abdujalolovga (“Neftchi”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor” — “Olimpik”

O'zbekiston Superligasining 16-turidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Olimpik” bahsida mehmonlar vakili Nodir Abduholiqov raqibining to'pig'iga oyog'ining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nodir Abduholiqovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon” — “Turon”

O'zbekiston kubogi doirasidagi “Andijon” — “Turon” bahsining 57-daqiqasida mehmonlar vakili Xumoyun Murtozoev urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida axloq qoidalariga zid, nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xumoyun Murtozoevga (“Turon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”

O'zbekiston kubogining 1/8 bosqichi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” bahsida mehmonlar mamuri Abror Karimov o'yin qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsa ham, O'zPFL komissarining etiroziga qaramasdan texnik zonaning o'rindig'ida o'tirgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon” — “Turon”

Pro liganing 15-turidan o'rin olgan “Andijon” — “Turon” bahsida mezbonlar futbolchisi Milochko Goran urilgan golni nishonlash paytida muxlislar qarshisida axloq qoidalariga zid, nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Milochko Goranga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“G'ijduvon” — “Mashal”

Pro liganing 15-turidan o'rin olgan “G'ijduvon” — “Mashal” uchrashuvi yakunlanganidan so'ng “Mashal” jamoasi bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev maydon markaziga chiqib, hakamlar brigadasi tomon o'z etirozlarini qo'pol ravishda bildirgan. SHuningdek, uchrashuv komissarining ruxsatisiz hakamlar xonasiga kirib, hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Dilyaver Vanievga (“Mashal”) nisbatan 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Do'stlik Toshkent” — “Yunired”

Birinchi liga 15-turidan o'rin olgan “Do'stlik Toshkent” — “Yunired” uchrashuvining 49-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Nurbek Botirov to'p maydonda bo'lgan vaqtda raqib o'yinchisining oyoq qismiga ataylab zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nurbek Botirovga (“Do'stlik Toshkent”) nisbatan 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor-farm” — “Nasaf-farm”

Birinchi liga 15-turidan o'rin olgan “Bunyodkor-farm” — “Nasaf-farm” uchrashuvining 67-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Farhod O'tkirov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farhod O'tkirovga (“Bunyodkor-farm”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Metallurg”

U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon” — Metallurg bahsining 73-daqiqasida mehmonlar vakili Ravshan Xayrullaev raqib futbolchisining yuz qismiga mushti bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ravshan Xayrullaevga (“Metallurg”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Nasaf”

U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” bahsi yakunlanganidan so'ng mehmonlar vakili Ulug'bek O'rinboev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ulug'bek O'rinboevga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Zomin” — “Bunyodkor”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Zomin” — “Bunyodkor” bahsining 82-daqiqasida “Zomin” klubi futbolchisi Umidjon Murodov raqibining shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Umidjon Murodovga (“Zomin”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Dinamo plyus”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Dinamo plyus” bahsining 19-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Azizbek Axmedov raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azizbek Axmedovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Buxoro”

U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Buxoro” bahsining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Farruh Ibodov raqib futbolchisining to'pig'iga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, o'yinning 68-daqiqasida “Buxoro”ning yana bir vakili Sobitjon Jo'raev raqib futbolchisi oyog'ining old qismini bosgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farruh Ibodov va Sobitjon Jo'raevga (har ikkisi “Buxoro”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlar-W” — “Paxtakor-W”

O'zbekiston ayollar Oliy ligasining 14-turidan o'rin olgan “Navbahor lochinlar-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvining 74-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Marxabo Jo'raboeva butsasining tag qismi bilan raqib o'yinchisining son qismiga qo'pol ravishda zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Marxabo Jo'raboevaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon-W” — “Surxon-W”

O'zbekiston ayollar Birinchi ligasining 8-turidan o'rin olgan

“Andijon-W” — “Surxon-W” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Ruxshona Ubaydullaeva o'yin to'xtatilgan vaqtda raqibini tepganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan. SHuningdek, “Andijon-W”ning yana bir futbolchisi Komila Xudoyberdieva raqib o'yinchilariga qaratib elim idish uloqtirib, tartibsizlik chiqargan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ruxshona Ubaydullaevaga nisbatan 3 ta o'yinga, Komila Xudoyberdievaga (har ikkisi “Andijon-W”) nisbatan esa 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика