So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Murodjon Zuhurov: "Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdimi, demak, penalti bo'lgan" Yangiliklar

Murodjon Zuhurov: "Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdimi, demak, penalti bo'lgan"

Superliga 3-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “Bunyodkor” darvozaboni Murodjon Zuhurov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib, jumladan, shunday dedi:

- Ushbu uchrashuvning qiyin kechishini bilardik. Sababi, jamoamiz yosh futbolchilardan tarkib topgan va tajribasi kamroq. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo'limda aynan shu tajribaning kamligi bois, o'yinimiz qovushmadi. Ayniqsa, jismoniy jihatdan ozgina charchab qoldik. Ammo yigitlar harakat qilishdi. Natijada g'alaba qozondik hamda muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi.

O'yindagi penaltilar xususida to'xtaladigan bo'lsam, bor narsani bor deyish kerak. Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdimi, demak, penalti bo'lgan. Yigitlar biroz koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi. Oqibatda ketma-ket to'p o'tkazib yubordik. Yuqorida aytganimdek, tajribasizlik ham ozgina pand berdi.

Ikkinchi 11 metrli jarima zarbasini qaytargan vaziyatimga kelsak, o'sha holatda mahoratimni namoyish etish va raqibni chalg'itishga  harakat qildim hamda buning uddasidan chiqdim. Qaytgan to'p uning oyog'iga borib tushganida erda yotgandim, raqib to'pni darhol tepmagani uchun himoyachilarimiz menga yordamlashib yubordi va to'pni egallab oldim. G'alabadan xursandman!


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика