Murod Otajonov: “Bunyodkor" bugun natija uchun o'ynadi”
23 mar 2014 20:35
Yangiliklar


Murod Otajonov: “Bunyodkor" bugun natija uchun o'ynadi”
Bugun bo'lib o'tgan “Mashal” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar yordamchi murabbiyi Murod Otajonov ishtirok etdi.
“Mirjalol Qushoqovich bugungi matbuot anjumanida ishtirok eta olmagani uchun uzr so'radi. Malum sabablarga ko'ra Mirjalol Qosimov tashrif buyura olmadi. Maydon, ob-havoni shu erdagilar ko'rdi. Juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham faqat natija uchun o'ynagani ko'rinib qoldi. CHiroyli o'yin bo'lmadi va bunday maydonda o'xshamas edi ham. SHaxsan bizning jamoa faqat natija uchun o'ynadi. G'alabadan xursandmiz. Jamoamizni chiroyli o'yinlarini keyingi bahslarda ko'rsatamiz. Odatda o'yinni chiroyi qolib ketadi va faqat natija qoladi. Hozir ming chiroyli o'yin ko'rsatsak ham, bizdan natija nima bo'ldi deb so'raydi. Ikkinchi bo'limda ikkita gol urdik va tanaffusda futbolchilarga jarima maydoni ichiga kirgandan so'ng zarba berish va to'pni olib turish vazifasi qo'yildi. Kombinaciya qilishga harakat qildik lekin o'xshamadi. “Mashal” hamma jamoa bilan shunday o'yin ko'rsatsa, ijobiy natijaga bemalol erisha oladi“, – deydi Murod Otajonov

Fikrlar