So’nggi yangiliklar

19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  1 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  32 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  4 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0

Murod Otajonov: "Tarkibni kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Tarkibni kuchaytirishimiz kerak"

Bugun Coca Cola Superligasining qoldirilgan 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- O'yin og'ir bo'ldi. Hujumda o'ynash og'irlik qildi. To'p nazoratini qo'lga oldik, ammo vaziyatlarni yakunlashda muammolar yuzaga keldi. Tezroq o'ynashimiz lozim edi. Raqibga vaqt berdik. Yigitlarga etiroz yo'q. "Qizilqum"ga ham ochko kerak edi. Ular bugun yaxshiroq harakat qilishdi. 

- Jamoaga yangi direktor tayinlandi. Yangi rahbar bilan o'zaro suhbatlashdingizmi? Jamoaning ikkinchi davradagi rejalari va boshqa masalalar borasida fikr almashdingizmi?

- Direktorimiz futbol ichida katta bo'lgan inson. SHu sabab ham, ular vaziyat qanday ekanligini juda yaxshi biladilar. Birinchi davrani tugatdik, endi har tomonlama o'ylab, qaysi tomonga yurishimizni muhokama qilamiz. Jamoa tarkibini kuchaytirishimiz kerak. Gol urolmayapmiz, oldinga tezroq o'ta olmayapmiz. Ishlashda davom etamiz.

- Rasul Yo'ldoshevning o'yinidan qoniqdingizmi?

- O' qo'lidan kelgancha harakat qildi. Ikki haftalik jarohatdan so'ng qaytdi. O'tgan o'yinda ham unga imkoniyat berdik. Hozir ham imkoniyatga ega bo'ldi. Penaltidan gol ura olmadi. Buni umuman yomon joyi yo'q, futbolda bo'lib turadi. U o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Vaziyat har xil bo'ladi. Unga hech qanday etirozim yo'q.

- Ivanovich ancha yaxshi taassurot qoldirayotgandi, ammo u jarohatda ekan. Ikkinchi davrada ham u jamoada qoladimi?

- U jarohatidan qutilib, jamoa safiga qaytadi. Unga ham katta ishonch bildiryapmiz va safga qaytishini kutmoqdamiz. Ikkinchi davra oldidan tarkibga yangi o'yinchilarni jalb qilishga harakat qilamiz.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика