So’nggi yangiliklar

16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  2 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  5 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  5 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  29 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2

Murod Otajonov: "Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga etishmadi" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga etishmadi"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov alamli mag'lubiyat haqida gapirib o'tdi.


- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'zingiz ko'rdingiz, juda og'ir o'yin bo'ldi. Aynan o'yin so'ngida g'alabani boy berish juda alamli. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bugungi uchrashuv uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugun tribunalarda "Bunyodkor" jamoasi fan klubi ko'rinmadi. Biz eshitgan habarlarga ko'ra, muxlislar jamoasi va klub o'rtasida muammo yuzaga kelgan...

- To'g'risi, men bunday xabardor emasman. Muxlislar qo'llab-quvvatlashi bizga etishmadi. Bugun faqatgina maydonga chiqqanimizdan so'ng ushbu holat guvohiga aylandim. 

"Bunyodkor" klubi matbuot kotibi: Fan klub rahbari o'z xohishiga ko'ra ishdan ketmoqchi. Qisqa muddat ichida fan klubga etakchi topilmadi. Muammo aynan shunda bo'ldi. Klub va muxlislar o'rtasidagi moliyaviy muammo haqidagi gaplar bu tushunmovchilik, xolos.

- Jafar Irismetov "Bunyodkor" klubi direktori lavozimiga tayinlanishi haqidagi habarlar tarqaldi. Bu qanchalik rost?

- Habarim yo'q, ko'p habarlar eshitamiz lekin ularning hammasi ham rost bo'lavermaydi. Rahbariyatimizda o'zgarishlar bo'layotgani esa rost xabar.

- "Bunyodkor" mavsum davomida o'z maydonida g'alaba qozona olmayapti. "Bunyodkor" o'z o'yida o'ynashga qiynalmoqdami?

- So'nggi uchrashuvlarda g'alaba qozona olmayapmiz. O'y o'yinlarimiz ham bunday istisno emas. Qaerda o'ynashimiz farqi yo'q, muhimi g'alaba qozonoshimiz kerak.

- Bugun jamoaning yagona golida ishtirok etgan futbolchilar zaxiraga olindi. Bugungi uchrashuvda amalga oshirilgan o'zgarishlarda, murabbiy xatoga yo'l qo'ydimi?

- Balki xatoga qilgandurman, lekin Abdumannonovda jarohat bor edi. O'yindan avval u bugungi uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida edi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика