So’nggi yangiliklar

19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  7 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  2 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал". Таркиблар маълум  2 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   3 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  6 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3

Murod Ismoilov: "Yuriy Vazgenovich muxlislarni chempionlikka o'rgatib qo'ygan" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Yuriy Vazgenovich muxlislarni chempionlikka o'rgatib qo'ygan"

"Bunyodkor" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"O'yin biz uchun kutilganidek og'ir o'tdi. "Bunyodkor" chiroyli o'yin namoyish etdi. Mahorat bobida ularning ustunligi ko'rinib turdi. Biroq, biz to'pdan ko'ra o'yin
nazoratiga etibor qaratdik. Bir tomondan, omadimiz ham keldi. Ikki marotaba to'p ustunga tegib qaytdi. Kerakli natijaga erishga oldik.

CHarchab qolish? Zaxiramizda ham yaxshi futbolchilar bor. Ularning kuchidan foydalanib o'yinimizni namoyish etamiz. Imkon darajasida to'g'ri dastur bo'yicha ishlashda davom
etamiz. Bundan tashqari biz faqat chempionatda qatnashmoqdamiz. Kubok o'yinlarini esa tark etdik. Nasib qilsa, natija ko'rsata olamiz.

Birinchi o'rinda Mansur Saidov, shukurali Po'latov kabi futbolchilarning qaytishi bilan jamoadagi muhit o'zgardi.
Bundan tashqari mashg'ulotlar jarayoniga ham o'zgarishlar kiritilgan. Fyodorov ham jamoaga katta yordam bermoqda.

Ko'rsatmalarimni yigitlar to'g'ri bajarishdi. Qo'limizdan kelganicha o'yin namoyish etdik.

Oldimizda Kubokni yutish yoki chempionlik kabi vazifalar yo'q. Ammo, biz har bir o'yinda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. "Oq-Tepa"ga qarshi o'yinda deyarli ikkinchi tarkibga imkon bergandik. Barchasi ruhiyat bilan bog'liq. Men uchun natija emas, akademiyani shakllantirish, kelajak uchun yaxshi futbolchilar tarbiyalab berish muhim. Natija birdaniga bo'lib qolmaydi. Eng asosiysi, kelajak uchun yaxshi poydevor tayyorlash. Yuriy Vazgenovich muxlislarni chempionlikka o'rgatib qo'ygan.

Bugungi kunda futbolimizning eng asosiy muammolaridan biri darvozabonlar. Bugungacha "Neftchi"da CHeremisin saviyasidagi posbon bo'lmagan. SHu sababli, uni jamoaga taklif qilganmiz. U yaxshi darvozabon.

Bugungi kabi taktik sxemaga Turkiyadagi yig'in davomida tayyorgarlik ko'rgandik. Taktika ham raqibning salohiyatiga qarab tanlanadi. Yig'in davomida sinab ko'rgan uslublarimiz o'z foydasini ko'rsatmoqda.

Farg'onalik muxlislarga katta rahmat aytaman. Ularning qo'llab-quvvatlab turgani biz uchun katta madad bo'ldi. Vaqtlarini ayamasdan kelishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.


Aziz To'xtamurodov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика