Murod Ismoilov: "Taktika tanlashda xatoga yo'l qo'ydim"
23 mar 2014 19:14
Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Taktika tanlashda xatoga yo'l qo'ydim"
"Neftchi" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anujmani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
- Bugun kutilganidek uchrashuv shiddatli va murosasiz ruhda kechdi. O'z maydonimizda ilk o'yin bo'lgani uchunmi shogirdlarimni hayajon bosdi. SHu sababli imkoniyat “Paxtakor” tomoniga o'tdi. Bundan raqib futbolchilari foydalanib qoldi, - deb gap boshladi Murod Ismoilov.
Tarkib tanlashda adashganimni tan olaman. Qaysidir futbolchini tushurib xato qildik. Lekin ularni hozir aynan kimlar ekanligini aytmaganim maqul. Odamni ichida nima ekanligini bilmaymiz.
O'yingacha turli taktikalarni qo'llab ko'rdik. Yangi futbolchilarni boshqa amplualarda sinab ko'rdik. Hattoki o'yindan bir necha kun oldin asosiy tarkibni yoshlarga qarshi o'ynatib ularni ruhiy xolatini yaxshilashga urindik.
Afsuski o'yinning boshidagi hayajon bizga qimmatga tushdi.
Ikkinchi taymda esa yigitlar o'zlariga kelib o'yin suratini qisman ijobiy tomonga o'zgartirib, ayrim vaziyatlarda biz kutgandek harakat qilishdi.
O'z o'yinimizni topib olishimiz uchun bizga yana ozgina vaqt kerak. “Paxtakor” misolida olib aytadigan bo'lsam bu jamoaning futbolchilari 3-4 yildan beri birga o'ynab kelmoqda.
Muxlislarni ham to'g'ri tushunib turubman. Men ishonamanki jamoa oliy ligadan tushib ketmaydi. Agarda o'tgan yilgi natijadan past o'rinni olsak men ariza yozib ishdan ketaman. CHunki “Neftchi” o'z tarixiga ega jamoa va unga muxlislarning o'ziga yarasha mehri tushgan.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar