So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Murod Ismoilov: "Bugun mag'lub bo'lmaslik juda muhim edi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Bugun mag'lub bo'lmaslik juda muhim edi"

"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab jurnalistlar bilan "Neftchi" bosh murabbiyi Murod Ismoilov suhbatlashdi.

"Vodiy derbilari doim keskin kurashlar ostida kechadi. Bugungi bahs ham mustasno bo'lgani yo'q. Ikkala jamoa ham munosib o'yin ko'rsatishdi. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi.

Qishdagi nazorat o'yinlarida standart vaziyatlardan gol o'tkazib yuborib 5ta uchrashuvni boy bergandik. Bugun ham shunday bo'ldi, standartdan gol qo'yib yubordik. Lekin o'zimiz ham aynan standart vaziyatdan so'ng javob to'pini kiritdik.

Ikki mag'lubiyatdan so'ng bugungi durang bizga juda kerak edi. G'alaba qozonsak zo'r bo'lardi, ammo asosiysi yutqazmadik. Yigitlar ruhan biroz o'zlariga kelib olishdi deb o'ylayman. Bugungi "Navbahor"ning o'yini menga yoqdi. Ashurmatov yaxshi jamoa shakllantirgani ko'rindi.

Bugun "lochinlar" safida "Neftchi"ning bir qator sobiq futbolchilari o'ynashdi. Biz ham o'z vaqtida "Neftchi"dan ketganimizdan so'ng 2000 yil "Nasaf" o'z uyida "Neftchi"ni qabul qilgan. 4ta golning barchasini farg'onaliklar urishgandi. Men, Rustam Abdullaev, Bahrom Haydarov va adashmasam Qahramon Abduqodirov urgandi. Har qanday futbolchi sobiq klubiga qarshi o'yinda o'zgacha harakat qiladi", - deydi Murod Ismoilov.


SHerzod Hamdamov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика