So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  9 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  104 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

Murod Bobojonov: “G'alaba qozonishimizga omad etishmadi” Yangiliklar

Murod Bobojonov: “G'alaba qozonishimizga omad etishmadi”

Superliganing 1-turida “Surxon” Toshkentda “Olimpik” bilan o'ynadi.

Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. O'yindan keyin termizliklar hujumchisi Murod Bobojonov fikrlariga quloq tutdik.

“Avvalambor hammani yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. “Olimpik” bilan bahs juda ham qiziqarli kechdi. Ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo, mavsumning birinchi o'yini bo'lgani bois, baribir kamchiliklar kuzatildi. O'ylashimcha, joriy mavsum juda qiziqarli kechadi. 

G'alaba qozonishimizga omad etishmadi. Bizda gol urish uchun qulay imkoniyatlar paydo bo'ldi. Ammo, aniq zarbani berish vaqtida ozgina sovuqqonlik etishmadi. Albatta, bu futbol, shunaqa holatlari bilan qiziqarli kechadi. “Olimpik” bilan bahsda yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosalar chiqargan holda keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. O'ylaymanki, g'alabali o'yinlarimiz oldinda. 

Ispaniyalik murabbiylar menda yomon taassurot qoldirgani yo'q. Yaqinda ish boshlagan bo'lsa-da, muhitga juda tez kirishib ketdi. Mashg'ulotlarimiz ham ko'tarinka kayfiyatda o'tkazilmoqda. Bu murabbiylar bilan yaxshi natijalar ko'rsata olamiz. G'alabali o'yinlarimiz hali oldinda deya olaman”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика