Munisa Rizaeva va Ulug'bek Raxmatullaev bugun Lokomotiv stadionida kuylaydilar
24 mar 2014 10:57
Yangiliklar


Munisa Rizaeva va Ulug'bek Raxmatullaev bugun Lokomotiv stadionida kuylaydilar
Bugun 24 mart kuni Lokomotiv stadionida futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati Oliy Liga, 2014 yil musobaqasining 2 turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuv Lokomotiv stadionidagi 2014 yildagi dastlabkisi bo'ladi.
Ushbu o'yin oldidan Lokomotiv uy maydonida mavsum ochilishiga bag'ishlagan tadbir bo'lib o'tadi. Marosimda el suygan Munisa Rizaeva, Ulug'bek Raxmatullaev, SHukrullo Isroilov, SHuxrat Vohidov kabi sanatkorlar ishtirok etishadi. Tantanali ochilish marosimi soat 15:15dan boshlanadi. Barcha futbol muxlislarini ushbu tadbir va futbol uchrashuviga taklif etamiz.
Fikrlar