So’nggi yangiliklar

12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  0 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   5 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   10 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

Mundial debyutanti Argentinaga qarshilik qila olmadi Yangiliklar

Mundial debyutanti Argentinaga qarshilik qila olmadi

Mundial tezlik bilan o'tib bormoqda. Bugun jahon chempionatining 11-o'yinini ham o'tkazib oldik. Kechagina boshlangan futbol bayrami, birpasda o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Braziliyaning mashhur "Marokana" stadionida Argentina va Bosniya va Gercegovina jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.



Uchrashuv Argentinaning tezkor hujumi bilan boshlandi. Argentina raqib jarima maydonchasi oldida o'zi uchun jarima zarbasi ishlab oldi. Messining jarimadan uzatib bergan to'piga Roxo boshi bilan zarba berdi va to'p yo'l-yo'lakay Kolashinacning oyog'iga tegib, kutilmaganda darvozadan joy oldi, 1:0.

Bunday startni kutmagan mundial debyutantlari o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va tezda oldinga intilishdi. SHu kuni Bosniya va Gercegovina terma jamoasi tarkibida harakat qilgan Misimovich va Xayrovichlarning faolligi evaziga mundial debyutantlari bir qator vaziyatlarga ega bo'lishdi. Xususan, uch-to'rt marotaba jarima zarbasi tepishdi. Lekin gohida argentinalik posbon Romero mahorat ko'rsatgan bo'lsa, bazi vaziyatlarda bosniyalik futbolchilarga tajriba kamlik qildi. 


Umuman olganda birinchi bo'limni bosniyaliklar yaxshi o'tkaza olishdi. Argentina borasida bu fikrni yurita olmaymiz. To'g'ri, argentinaliklar juda yaxshi tarzda himoyalana olishdi va raqibga asosan o'z jarima maydonchalari oldida imkoniyat qoldirishmadi. Ammo hujum qilish borasida biroz oqsashdi.

Argentina uchrashuvni besh himoyachi bilan boshlaganiga ham bunga sabab bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda vaziyat tamomila o'zgardi. Alexandro Sabella tanaffusdan so'ng birdan ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Himoyachi Kampanyaro o'rniga Gago va yarim himoyada harakat qilgan Maksi Rodrigez o'rniga hujumchi Iguainlar maydonga tashlandi. Bu esa jamoa o'yiniga o'zgartirish olib kira oldi. Argentina ikkinchi bo'limda birinchisiga nisbatan ancha hujumkor o'tkazdi. Messining faol harakatlarini ko'p marotaba raqib himoyachilari "o'qiy" olishayotgandi. Lekin uchrashuvning 65 - daqiqasiga kelib, Iguain bilan "devor" uslubida kombinaciya qilgan Messi o'zining kuchli va aniq zarbasi bilan Begovich darvozasini ishg'ol eta oldi, 2:0!

Lekin Bosniya va Gercegovina jamoasi bu goldan keyin ham taqdirga tan bermay oldinga intilishda davom etishdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Vedad Ibishevich o'yinning 84 - daqiqasida Romeroning oyoqlari orasida to'pni darvoza joylab qo'ydi, 2:1. Qolgan daqiqalar mobaynida bosniyaliklar xavfli vaziyatlar yarata olishmadi.

SHunday qilib, Argentina musobaqani g'alaba bilan boshladi. Bosniya va Gercegovina esa o'zining ilk o'yinida mag'lubiyatni tan olishiga to'g'ri keldi. 


JCH-2014. "F" guruhi, 1-tur.

Argentina - Bosniya va Gercegovina 2:1
16 iyun. 03:00

Gollar
: Kolashinac (3 - o'zdarvozasiga), Messi (65), Ibishevich (84)

Bosh hakam: Joel Aguilar (Salvador)
Yordamchi hakamlar: Villiam Torres (Salvador), Juan Zumba (Salvador)
Zaxira hakami: Jamol Haimudi (Jazoir)

Argentina: Romero, Garay, Kampanyaro (Gago, 46), Sabaleta, Di Mariya, Messi, Rodrigez (Iguain, 46), Maskerano, Roxo, Fernandez, Aguero (Biglia, 87).

Bosniya va Gercegovina: Begovich, Bichakchich, Spaxich, Kolashinac, Besich, Pyanich, Misimovich (Medunyanin, 74), Jeko, Mujya (Ibishevich, 69), Lulich, Xayrovich (Viska, 71).

Ogohlantirishlar
: Roxo (25), Spaxich (63)


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика