Muhriddin Zoirov: "Superligaga chiqish uchun futbolchilarda ishtiyoq kuchli"
23 mar 2023 13:47
Yangiliklar
Muhriddin Zoirov: "Superligaga chiqish uchun futbolchilarda ishtiyoq kuchli"
- "G'ijduvon" bilan o'yin haqida fikringiz?
- O'yinga yutish uchun chiqandik va bunga erishdik.
- Bu o'yinda penaltidan gol ura olmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi? Penalti tepishni murabbiy aytdimi yoki o'zingiz tepishga qaror qildingizmi?
- Penaltini tepishni o'zim hohladim. Bunday xatolar hammada bo'ladi. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarda gol uraman.
- "SHo'rtan"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Yangi murabbiy haqida fikringiz?
- Yangi murabbiylar shtabi bilan hammasi yaxshi, biz bir jamoamiz.
- Transfer oynasi ochilgan vaqti siz "Mashal"da ko'rinish berdingiz. nima uchun "Mashal"da qolmay "SHo'rtan"ga qaytdingiz?
-"Mashal"ga borganim rost. "SHo'rtan" rahbariyatlari men bilan bog'lanib jamoaga kerakligimni aytishdi. Ko'proq vaqtim "SHo'rtan" klubi bilan o'tgan va ularning yuziga oyoq qo'yib keta olmasdim. "Mashal" ham yaxshi jamoa.
-"SHo'rtan" mavsumni yaxshi boshlab oldi. Jamoa Superligaga chiqa oladimi?
- Hammasi Ollohdan. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Superligaga chiqish uchun futbolchilarda ishtiyoq kuchli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar