So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Muhiddin Ortiqov: "Qo'qon-1912"ni yutishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Muhiddin Ortiqov: "Qo'qon-1912"ni yutishimiz ham mumkin edi"

Kecha birinchi liganing 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lgan "Bunyodkor-2" jamoasi shu kuni raqibiga etarlicha tashvish tug'dira oldi.
Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni aynan yosh qaldirg'ochlar ochdi. Yakunda esa qo'qonliklar pealtidan javob to'pini kiritib, durang qayd etishdi. Uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor-2" bosh murabbiyi Muhiddin Ortiqov bilan suhbatlashdik. 

- Maydoning holati yaxshi emasdi. Albatta safarda biz uchun juda qiyin o'yin bo'lishinit oldindan bilgandik. Maydonning xolati yaxshi emasligi har ikkala jamoaga halaqit berdi. Agarda maydon sifati yaxshi bo'lganida bundan-da chiroyli o'yin ko'rsatish mumkin edi. Tarkibimiz boshqalarga nisbatan yosh. Ayniqsa himoyachilarimiz. SHu bois "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda ham himoyachilarimizning tajribasi kamligi natijasida tayyor g'alabani qo'ldan boy berdik. Agarda mahoratli himoyachilarimiz bo'lganida safarda yutishimiz ham mumkin edi.

- "Qo'qon-1912" yaxshi jamoa. Tarkibi ham kuchli. Faqat ular ham maydonning yaxshi xolatda bo'lmagani sababli qiynalishdi. Ularda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi.

- Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi deb o'ylayman. Har ikkala jamoa ham qulay vaziyat poyladi. Mezbonlardan ko'ra biz yaxshi o'yin namoyish etdik. Bemalol aytishim mumkinki, Qo'qondan g'alaba bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Xususan standart vaziyatlarning birida to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Agarda shu zarba darvoza to'ridan joy olganda, o'yin umuman boshqa ruhda o'tardi.

- Lekin shunga qaramay qoniqarli natijaga erishdik deb hisoblayman. CHunki o'z oldiga oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan jamoa bilan safarda durang o'ynash ijobiy natijadir.

- Keyingi turni ham taqvimga ko'ra safarda o'tkazamiz. "O'zDongJu"ga qarshi bahsgacha himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика