So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Muhammadqodir Raximberganov: "Eng oliy maqsadim – Evropa grand jamoalarida to'p tepish" Yangiliklar

Muhammadqodir Raximberganov: "Eng oliy maqsadim – Evropa grand jamoalarida to'p tepish"

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchi Muhammadqodir Raximberganov yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari va kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- O'zingizni batafsilroq tanishtirib o'tsangiz...

- 2001 yil 11 martda Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tug'ulganman. Oilada 6 kishimiz – otam, onam, akam va 2 ta ukam. Oilada faqat men sport bilan oshna tutinganman.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida...

- Futboldagi ilk saboqlarni 5 yoshimdan boshlab Oybek akadan, professional futbolga qadar Islom Abdusharipovdan o'rganganman. Professional futbolchi bo'lib shakllanishimda Aleksandr Ejovning xizmatlari beqiyos. Keyinchalik Aleksandr Xomyakov, Tachmurod Agamurodov va Temur Kapadzedan saboq olib kelyapman. SHu fursatdan foydalanib, barcha ustozlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Tayyorgarlik jarayonlari qanday o'tyapti?

Ushbu mavsumdan umidim katta, shu bois jamoa bilan umumiy guruh mashg'ulotlarida yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'ryamiz. Yig'in juda qiziqarli va yaxshi darajada bo'lib o'tmoqda. Umumiy guruh mashg'ulotlaridan tashqari individual tarzdagi mashg'ulotlarni olib boryapman. 

- Olgan jarohatingiz va jismoniy holatingiz borasida nima deya olasiz? 

- Oldingi mavsum boshida kichik jarohat olgandim, hozir to'liq tuzaldim hamda bor kuchim bilan mashg'ulotlarga zo'r berganman. Jismoniy holatim ayni vaqtda qoniqarli darajada, yangi mavsumga qadar alo darajaga etkazib olishga harakat qilyapman.

- Nega "Olipik"dan ketib, "Xorazm"ga o'tdingiz?

- "Olimpik" futbol klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze jamoani alo darajada shakllantirgan, u erda o'zim uchun juda ko'p narsa o'rgandim. "Olimpik"ni o'yin amaliyotim ozroq bo'lganligi sababli tark etdim. Men uchun hozirgi paytda eng muhumi o'yin amaliyoti deb bilaman.

"Xorazm" futbol klubiga kelishni undagan asosiy narsa, avvalo, shu el farzandiman, shu jamoadagi o'yinlarim orqali futbol jamoatchiligi nazariga tushdim, eng asosiysi, klub rahbariyatining menga bo'lgan ishonchi meni bu erga kelishga undadi.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

Avvalo, "Xorazm" muxlislari va murabbiylarining ishonchini oqlab, shu jamoaga foydam tegishini xohlayman. 

SHu kunlarda rus va ingliz tillarini o'rganish ishlarini boshlab yubordim. Eng oliy maqsadim – Evropa grand jamoalarida o'ynash, shu sababli har taraflama to'la tayyor bo'lish lozim deb bilaman.

- Futboldagi kumiringiz kim?

- Jahon futbolida Muhammad Saloh. O'zbekistonlik futbolchilardan esa Jaloliddin Masharipovning o'yinlarini muntazam kuzatib boraman.

- Suhbat yakunida aytmoqchi bo'lgan so'zlaringiz...

Nima deyishim mumkin, "Xorazm"da muxlislar qurshovida o'yinim har doim yaxshi chiqqan. Yangi shakllanayotgan jamoamiz bilan ishqibozlarni xursand qilamiz degan umiddaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика