So’nggi yangiliklar

13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  8 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  31 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  11 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  6

Muhammad Nazem: “Eron terma jamoasi hech qachon boshqa terma jamoani o'zidan oldinga o'tkazmagan” Yangiliklar

Muhammad Nazem: “Eron terma jamoasi hech qachon boshqa terma jamoani o'zidan oldinga o'tkazmagan”

Teglar :  Muhammad NazemEron
Bugun “B” guruhidan o'rin olgan Eron hamda Iroq terma jamoalari 3–tur uchrashuvini o'tkazadi. Biz Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Nazem bilan uchrashib o'yindan oldin fikrlarini bilib oldik.

-  Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan o'yin haqida gapirsangiz.
-  Biz Xitoy terma jamoasi bilan oldin ham to'qnash kelganmiz. SHuning uchun ushbu terma jamoani yaxshi bilar edik. Xitoyga qarshi o'yinga 100 foiz tayyor edik va yakunda yirik hisobda g'alaba qozondik.

-  Bugun Iroq terma jamoasiga qarshi qanday o'yin namoyish etasizlar?
-  Iroq juda yaxshi terma jamoa. Iroqliklar guruhdagi ikki terma jamoaga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatishdi deb o'ylayman. Bugungi o'yinda o'zimizningdoyimgidek o'yinimizni namoyish etamiz. Eron terma jamoasi hech qachon boshqa terma jamoani o'zidan oldinga o'tkazmagan. Bugungi o'yinda albatta g'alaba qozonamiz.

-  Guruhda ikkinchi o'rinni olsanglar O'zbekiston terma jamoasiga qarshi to'qnash kelasizlar. Bilamizki siz 2010 yilgi Osiyo chempionatida finalda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi futzalchi sifatida maydonga tushgansiz. O'zbekiston terma jamoasining hozirgi kuchi avvalgisidan qanchalik farq qiladi?

-  To'g'risini aytaman juda katta farq qiladi. Ayni damdagi O'zbekiston terma jamoasi avvalgiga qaraganda juda kuchlti.

-  Osiyo chempionati haqida qanday fikrdasiz?
-  O'yinlar juda yaxshi o'tmoqda. Barcha terma jamoalar rivojlangan, bu ularning o'yinidan ham ko'rinib turipti. Iordaniya terma jamoasi ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham juda kuchli jamoa. Xitoy terma jamoasi ham o'ziga yarasha kuchga ega. Evropaga qaraganda Osiyoda futzal yaxshigina o'sishga erishdi. O'zbekiston davlati ushbu yirik musobaqani alo darajada o'tkazyapti. Davlatingiz Eron bilan o'zaro do'stlik rishtalarini bog'lagan.

-  Bugungi o'yindan so'ng pley–off bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga tushib qolishingiz mumkin. Bugungi o'yinda tavakkalga qo'l urmaysizlarmi?
-  Keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimizni bizga farqi yo'q. O'zbekiston terma jamoasi barcha jamoalarni yutsin biz ham barcha jamoalarni mag'lub etaylik, O'zbekiston terma jamoasi bilan finalda to'qnash kelaylik.

-  Muxlislarimiz sizda qanday tassurotlar qoldirdi?
-  O'zbekiston muxlslari Eron terma jamoasini ham yaxshi ko'rishadi.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика