So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  210 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  10 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Muborakda futbol mavsumi yakunlanmoqda Yangiliklar

Muborakda futbol mavsumi yakunlanmoqda

Muborakda ushbu hafta ortda qolgan mavsumning so'nggi futbol haftaligi bo'lib o'tadi. SHunday qilib 2014 yilgi futbol mavsumi Muborakda o'z nihoyasiga etadi.
Muxlislar ushbu haftadan bir-biridan keskin uchrashuvlar guvohiga aylanadi. Ikkinchi liga, birinchi liga, yoshlar ligasi, oliy liga mavsumi Muborakda yakuniga etadi.

Ushbu bahslar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

1. Birinchi liga

29 oktyabr kuni futbol bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasida so'nggi 16-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. "Mashal-2" jamoasi o'z maydonida eng principal raqibi "Paxtakor-2"ni qabul qiladi. Mavsumni yakunlab beruvchi ushbu bahs har ikki tomon uchun ham juda ahamiyatli. Ikki jamoa ham birinchi ligada sovrin uchun emas, munosib o'yin ko'rsatish uchun ishtirok etadi.  Turnir jadvalidan ham ko'rinib turibdiki, ettinchi va sakkizinchi pog'onalar ikki akademiya klubiga tegishli. Bu jamoalarning Toshkentdagi bahsida 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan.

Birinchi liga. 16-tur.  29.10.2014
"Mashal-2" - "Paxtakor-2"  14:00

2. Ikkinchi liga


31 oktyabr kuni esa muxlislar Muborakda yana bir muhim bahsning guvohi bo'lishadi. Ikkinchi liga bo'lishiga qaramay liganing so'nggi turida o'ziga xos kichik derbi bo'ladi. Qashqadaryo ikkinchi ligasining so'nggi turida "Mashal"ning ikki klubi o'zaro bahs olib borishadi. Otajon Avezov boshchiligidagi "Mashal-98" va Mikola Lapa boshqarayotgan "Mashal-99" bahsi barchada qiziqish o'yg'otishi tabiiydir. Ushbu bahs bilan ikkinchi liga o'yinlariga ham yakun beriladi.

Ikkinchi liga. So'nggi tur. 31.10.2014
"Mashal-98" - "Mashal-99"  14:00

3. Yoshlar ligasi


Albatta, bu bahs eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ladi. Negaki ayni vaqtda "Mashal" yoshlarini uch ochko kichik oltin medallarga egalik qilishini taminlaydi. Buni qo'lga kiritish esa oson emas. Raqib principal bo'lgan "Nasaf" yoshlari bo'ladi. O'ziga xos Vali Keldiev va Zafar Xolmurodovlar bahsi barchani stadionga kelishini taminlaydi. Qashqadaryo futbolining ikki yorqin vakillari murabbiylik qilayotgan jamoalar bahsi keskin o'tishiga shubha yo'q. "Mashal" yoshlari uchun esa mavsumdagi eng muhim uchrashuv mana shu bo'ladi. Zero, ushbu bahs medallar taqdirini hal etadi. 1 noyabr kuni ushbu qarama-qarshilikni guvohiga aylanamiz.

Yoshlar ligasi. 25-tur. 01.11.2014
"Mashal" - "Nasaf" 14:00

4. Oliy liga


Muborakda futbol mavsumi ushbu uchrashuv bilan o'z yakuniga etadi. Oliy liganing 25 turidan o'rin olgan "Voha derbisi" barchani diqqat markazida bo'ladi. "Mashal" uchun mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvi juda ahamiyatlidir. Muxlislar bunday bahslardan jamoadan har qachongidan ko'ra g'alabani ko'proq istaydi. Bu o'yinda ochko uchun emas,  o'zaro principallik uchun maydonga tushiladi. Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan mazkur bahs muxlislarga eng keskin to'qnashuvni taqdim etishiga shubha yo'q.
Undan tashqari shu kuni "Mashal" klubing 30 yillik yubiley to'yi ham bo'lib o'tadi. Bu haqida keyinroq batafsil malumot berib o'tamiz.

Oliy liga. 25-tur. 02.11.2014
"Mashal" - "Nasaf"  15:00


Muborakdagi barcha bahslarga muxlislarni taklif etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика