So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

MTJ Dubay yig'inini Yangi Zelandiya klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi Yangiliklar

MTJ Dubay yig'inini Yangi Zelandiya klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga jo'nab ketdi.
Avvalroq xabar berilganidek, O'zbekiston terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo Kubogi bahslariga tayyorgarlikni 2 davrga bo'ladi. Birinchisi 1-14 dekabr kunlari, ikkinchisi esa 17-29 dekabrda BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.

Mazkur yig'in davomida milliy terma jamoa rejaga ko'ra 5ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Unga ko'ra, dastlab 4 dekabrda birinchi raqib Yangi Zelandiya Premer Ligasi klubi Okland bo'ladi. SHundan so'ng Mirjalol Qosimov jamoasi Quvayt (10 dekabr), Falastin (13 dekabr), Iordaniya (20 dekabr) va Iroq (25 dekabr) bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Xorijda to'p surayotgan uch nafar futbolchi - Server Jeparov (Seongnam), Temur Kapadze (Aktobe) va Anzur Ismoilov (CHangchun Yatay)lar Dubay shahrida milliy terma jamoa yig'iniga qo'shiladilar.

Milliy terma jamoaning Dubaydagi yig'inida ishtirok etadigan futbolchilari ro'yxati:

Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov (Lokomotiv)
Eldor Suyunov (Nasaf)
Akbar To'raev (Bunyodkor)

Himoyachilar
Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv)
Egor Krimec (Paxtakor)
Bobur Yo'ldoshev (Lokomotiv)
SHavkat Mullajonov (Lokomotiv)
Akmal SHorahmedov (Bunyodkor)
Aleksandr Merzlyakov (Paxtakor)
Anzur Ismoilov (CHangchun Yatay, Xitoy)

Yarim himoyachilar
Javlon Ibrohimov (Bunyodkor)
Temur Kapadze (Aktobe, Qozog'iston)
Jamshid Iskanderov (Paxtakor)
Sardor Rashidov (Bunyodkor)
Farrux Sayfiev (Nasaf)
Lutfulla To'raev (Lokomotiv)
SHuhrat Muhammadiev (Nasaf)
SHavkat Salomov (SHaxtyor, Qozog'iston)
Jasur Hasanov (Lokomotiv)
Aziz Ibragimov (Andijon)
Server Jeparov (Seongnam, J.Koreya)

Hujumchilar
Igor Sergeev (Paxtakor)
Navro'z Alimov (Qizilqum)
Vohid SHodiev (Bunyodkor)
Kamoliddin Murzoev (SHaxtyor, Qozog'iston)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика