So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21

MTJ. Bugungi mashg'ulotlar haqida Yangiliklar

MTJ. Bugungi mashg'ulotlar haqida

Bugun ham Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Odatga ko'ra futbolchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Andrey SHipilov boshchiligida chigalyozdi mashg'ulotlarni bajarishdi. Anvar Rashidov esa darvozabonlar bilan ishladi. Eldor Suyunovning kecha to'yi bo'lgani uchun murabbiylar O'zbekiston yoshlar terma jamoasi posboni Umidjon Hamroevni terma jamoaga jalb qilishgan. Erta indin Suyunov terma jamoa ixtiyoriga qo'shiladi. Rossiyada o'ynaydigan legionerlarning ertaga Toshkentga kelishlari kutilmoqda. Azizbek Haydarov esa hamon terma jamoa lagerida ko'rinish bergani yo'q. Uning jarohati haqida aniq malumot yo'q.

Bugungi mashg'ulotlardan fotogalereyani yaqin vaqt ichida saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.


Ushbu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati (Hozircha yig'inga qo'shilmaganlar ajratib ko'rsatilgan):

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Egor Krimec (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (CHangchun Yatay – Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” -  Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Al-SHabab” – BAA), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” - Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjin Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog'iston).


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 10 noyabr kuni Toshkentda Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. So'ngra 15 noyabr kuni Seul shahrida JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика